Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik qay tartibda amalga oshiriladi?

Oila – inson hayotining asosiy bo‘g‘inidir. Oila qo‘rg‘oni mustahkam bo‘lishini o‘ylab nikoh oldidan kelin-kuyovni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yangi oilaning mus­tahkamligi va tug‘ilajak farzandlarning barkamolligini ta’minlaydi.

Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati, roli, yo‘l-yo‘riqlari haqida Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori Shahnoza Zufarova SSV Matbuot xizmatiga ma’lumot berdi:

– Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – irsiy va nasliy kasalliklarning oldini olish, oilada sog‘lom muhitni qaror toptirishdir.
Barcha nikohlanuvchilar turmush qurishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Shundan so‘ng tibbiy ko‘rikning xulosasiga qarab, bo‘lajak oila vakillari qaror qabul qilishadi.

– Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qay tartibda amalga oshiriladi?


– Nikohlanuvchi shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nikohni qayd etish uchun ariza beradilar.
Shundan so‘ng yuborilgan arizani FHDYo organlari ko‘rib chiqib, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beradi.
Yo‘llanma hozirda FXDYo organlarida qog‘oz shaklida nikohlanuvchi shaxslarning qo‘liga topshirilmoqda.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin, nikoh tuzilishiga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida nazarda tutilgan to‘siqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, FHDYo organlari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun o‘zlariga qulay bo‘lgan ko‘p tarmoqli poliklinikalardan o‘tishlari joriy qilinmoqda.
2021 yil 1 iyundan fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kabi amaliyotlar eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

– Bo‘lajak kelin-kuyov qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tadi?


– Yoshlar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bepul dispanserizatsiyadan, ya’ni kardiolog, endokrinolog, revmatolog mutaxassislari jalb qilingan holda nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi hamda qo‘shimcha UTT, EKG, umumiy qon tahlili, qondagi qand miqdori aniqlanadi.
Shuningdek, ruhiy kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yuzasidan tekshirish, narkologik kasalliklar yuzasidan tekshirish, zaxm yuzasidan tekshirish, sil yuzasidan tekshirish, OIV/OITS yuzasidan tekshirish olib boriladi.
Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi natijalari to‘g‘risida tibbiyot muassasasining xulosasi ma’lumotnomada aks ettiriladi.
Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Yana o‘qing:  Eng sog‘lom mamlakatlar e’lon qilindi

Matbuot xizmati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: