Tibbiy islohotlar – amalda

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va ko‘lamini yanada oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash va ularni sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasida 30 ga yaqin farmon va qarorlar qabul qilingan.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish, birlamchi tibbiyot tizimini yanada yaxshilash, xususiy sektor va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada rivojlantirishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyat Kitob tumanidagi «DR BOBOEV Jarrohlik markazi» va «Salomatlik Akademiya­si» xususiy klinikasi ta’sischisi, endourolog shifokor Alisher Boboyev:

– To‘rt yil avval o‘z faoliyatini bosh­lagan «Salomatlik Akademiyasi» va 2021 yilda zamonaviy binoda ish boshlagan «DR BOBOEV Jarrohlik markazi»imiz ilg‘or texnologiyalar asosida diagnostika va zamonaviy endourologik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirib kelmoqda. Ayni paytda, jarrohlik markazimiz AQSH, Yevropa, Xitoy, Koreya, Turkiya va boshqa davlatlardan keltirilgan eng zamonaviy golmiyevi’y lazer, ultratovush–pnevmatik litotriptor, laparoskop, nefroskop, mininefroskop, ureterorenoskop, sistoskop, C-ARM rentgen kabi tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan.
Jarrohlik markazida endourologik operatsiyalar, bolalardagi siydik– tosh kasalligini mini invaziv usulda davolash va siydik ajratish sohasi tug‘ma nuqsonlarini davolash va bartaraf etish, o‘t qopi toshlari va poliplari, ko‘richak, bachadon miomasi, bachadondan tashqari homiladorlik, bachadon naylari chandiqlarini ochish kabi laparoskopik operatsiyalar, bachadon bo‘shlig‘ining endoskopik tekshiruvi va operatsiyalari, boshqa umumiy xirurgik, urologik, ginekologik an’anaviy operatsiyalar hamda barcha turdagi tibbiy diagnos­tikalar amalga oshiriladi.
Markazda murakkab usuldagi yuqori texnologik, kam invazivli davolash usullari qo‘llanilib, bir yilda 2000 dan ortiq «kam invaziv» jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilgani yutuqlarimiz natijasidir.
Maqsadimiz – dunyo standartlari darajasidagi yuqori tibbiy texnologiyalarga asoslangan malakali tibbiy xizmatni poytaxtdan olisdagi viloyat va tumanlarda ham yo‘lga qo‘yish, aholiga nisbatan arzon, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda tibbiy turizmni rivojlantirishdan iborat.

Azamat Umirov,
shifokor urolog:

– Endourologiya va laporaskopiya jarrohlik markazida yil davomida amalga oshirilayotgan jarrohlik amaliyotlarimizning 80 foizi viloyat va 20 foizi boshqa viloyatlar va qo‘shni respublikalardan kelgan bemorlarga to‘g‘ri keladi. Jarrohlik amaliyotlarining 12-14 foizi 18 yoshgacha, 30 foizi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi siydik-tosh va siydik yo‘llari tug‘ma nuqsoni kasalliklarini tashkil etmoqda. Aytish joizki, bolalarda siydik-tosh kasalligi «kam invaziv» jarrohlik amaliyotlari Xalqaro standartlar asosida olib borilgani bois, natijalarimiz O‘rta Osiyo va Rossiya urologlar jamiyati kongresslarida ekspert tomonidan yuqori baholandi.

Qobiljon Xudoyqulov,
xususiy klinika direktori:

– 2017-2020 yillar mobaynida muassasamizga jami 1262,7 ming AQSH dollaridagi hamda 1370,0 mln.so‘m miqdoridagi zamonaviy tibbiyot uskunalari olib kelinib, ishga tushirildi. Diag­nostik poliklinikaga AQSHning innovatsion yutuqlarini o‘zida jamlagan multispiral kompyuter tomografi, Xitoy MRT uskunasi, Koreya SMART DR raqamli rentgen va 2 ta UTT diagnos­tika uskunalari, ayollar kasalliklari diagnostikasi uchun innovatsion videokolposkop, oshqozon-ichak xastaliklari diagnostikasida videogastroskop va videokolonoskop, laboratoriya tekshiruvlari uchun Germaniyaning ilg‘or tibbiy uskunalari va fizioterapiya apparatlari olib kelib, o‘rnatildi.

Hakim Saidov,
Bosh shifokor:

– Endilikda MRT diagnostika xizmati tuman va qo‘shni tumanlarga beminnat xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu diagnostika uchun aholi endi poytaxt va viloyat markaziga borib, sarson bo‘lishmaydi. Uchta bo‘limdan iborat klinikamizda barcha qulayliklar mavjud. Statsionar davolanish bo‘limida fizioterapiya va noananaviy davolash usullari xizmat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda, shifo o‘rinlari soni 40 tadan 80 o‘ringa yetkazildi.
Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan, shuningdek, urush faxriylari va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bir qismiga 405 mln.so‘mdan ortiq miqdorida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Ha, tibbiyot sohasida olib borayotgan islohotlar va izlanishlari uchun Prezidentimiz tomonidan II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlangan Alisher Boboyevning rejalari yuksak.

2018 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti «Urologiya va nefrologiya kafedrasi» mudiri, professor Asilbek G‘aybullayev, dotsent Nazir Alijanov, Respublika ixtisos­lashgan urologiya ilmiy markazi direktori, professor Shuhrat Muxtorov hamda «DR BOBOEV Jarrohlik markazi» va «Salomatlik Akademiyasi» klinikasi rahbari, endourolog Alisher Boboyev tashabbusi bilan Kitob tumanida ENDOUROLOGIYa yo‘nalishi bo‘yicha Xalqaro mahorat darsi va 2019 yilda Respub­likada ilk marta Xalqaro miqyosda ENDOUROLOGIYa Forumi tashkil etildi. Forumda yuzdan ortiq chet el mutaxassislari va to‘rt yuz nafardan ortiq o‘z mutaxassislarimiz ishtirok etishdi. Telemeditsinadan foydalanilgan forumda xorij mutaxassislari tomonidan bajarilgan o‘ndan ortiq jarrohlik amaliyotlari onlayn tizimida ishtirokchilarga translyasiya qilindi.
Endilikda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan imzolangan kelishuv asosida respublikamizdagi tibbiy kursant va mutaxassislar doimiy ravishda Kitobdagi ushbu klinikada o‘z malakasini oshiradi.

Maryam AHMEDOVA,

Yana o‘qing:  PARAOSIYo O‘YINLARI: MEDALLARIMIZ SONI KO‘PAYMOQDA

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: