Kaliy va kalsiy: hayot uchun muhim unsur

Mikro va makroelementlarning organizmda bajaradigan funksiyalari beqiyosdir. Ana shunday hayotiy muhim zaruriy elementlardan biri – kaliy va kalsiy. Kaliy organizmdagi barcha yumshoq to‘qimalarning me’yorda ishlashini ta’minlaydi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, kaliy loviya, olma, o‘rik, sholg‘om kabi o‘simlik mahsulotlarida ko‘p miqdorda uchraydi. Hayvon mahsulotlaridan go‘sht, baliq, sutda kaliyning mo‘l bo‘lishi aniqlangan. Kaliyga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoj 3-6 grammni tashkil etadi. Organizmda natriy va kaliyning iste’moldagi nisbati 2:1 bo‘lishi lozim. Agar bu nisbat buzilsa, to‘qimalarda modda almashinuvi buzilishi, ba’zi a’zolarda shish hosil bo‘lishi kuzatiladi. Chunki, organizmda natriy miqdori ortsa, uning suvni ushlab qolish xususiyati tufayli to‘qimalar orasida suyuqlik miqdori oshishi natijasida shish paydo bo‘ladi. Bunday paytda kaliyga boy bo‘lgan mahsulotlardan ko‘proq iste’mol qilish lozim. Kaliy almashinuv jarayonlari natriyga qarama-qarshi hisoblanganligi uchun u qancha ko‘paysa, natriy shuncha ko‘p tashqariga chiqarib yuboriladi. Kaliyning organizmga yetarli miqdorda qabul qilib turilishi tomirlarda natriy tuzlarining cho‘kma bo‘lib to‘planishini kamaytiradi.

Kalsiy ham natriy va kaliy kabi asosan tuz ko‘rinishida organizmga qabul qilinadi. Tanadagi kalsiyning 99 foizi suyaklar, tish va tirnoqlar tarkibida bo‘ladi. Qolgan 1 foizi qon va boshqa biologik suyuqliklar va to‘qimalarda uchraydi. Shuningdek, bu modda organizmda qon hosil bo‘lishi va ivishini hamda asab tizimini me’yorda ishlashini ta’minlashi tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlangan.

Kalsiyga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik talab o‘rtacha 800 mg bo‘lgani holda yosh bolalar va keksalarda bu ko‘rsatkich 1000-1200 mg gacha ortadi. Qonda kalsiy miqdori kamayib ketgan odamlarda tez-tez asabiylashish, toliqish, loqaydlik kuzatiladi.

Organizmda kalsiyning kamayishi tayanch-harakat tizimiga salbiy ta’sir etadi va suyaklarning g‘ovak bo‘lib qolishiga olib keladi.

Kalsiyning o‘z vaqtida organizmda so‘rilishi uchun fosfor, D, S, V9 vitaminlari ham kerak bo‘ladi. Demak, vitaminlarni yetarli miqdorda qabul qilinishi organizmda kalsiy miqdorini ham me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi.

Bolalarda kalsiyning kamayishi raxit va sut tishlari chiqishining kechikishi, qaddi-qomatning buzilishiga oid patologik holatlarga olib kelishi aniqlandi. Bu tadqiqotlar ekologik vaziyat o‘zgarib, atmosferada kislorodning kamayishi va karbonad angidridning miqdori ko‘payib borayotgan bir paytda, organizmning turli mikro va makroelementlarga talabi ortib borayotganligini isbotlaydi.

Yana o‘qing:  TANGA DARMON DARMONDORILAR

Hozirgi kunda organizmda kaliy, kalsiy, fosfor kabi mikrounsurlarning me’yoriy chegarasidagi miqdori kamayib bormoqda. Shu bois, aholi orasida ushbu ma’danli moddalarga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya etamiz.

Musallam ADILOVA,

oliy toifali bolalar shifokori, Chilonzor tumani 36-oilaviy poliklinikasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: