Orolbo‘yi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirilmoqda


Poytaxtimizda “Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
«InnoWeek — 2021» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yuzasidan o‘tkazilayotgan konferensiyada davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyani Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqida shunday dedi:
– «Orolbo‘yida ICBA xalqaro markazidan keltirilgan 18 ta o‘simliklarni va mahalliy yovvoyi o‘simliklar florasi vakillarini madaniylashtirish bo‘yicha sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Orol dengizining qurigan tubidan 10 xildan ortiq tuproq tiplari asosida ilmiy lizimetrik tadqiqot maydonchasi barpo etildi.
“Oroldagi mening bog‘im” agro-ekoturizm loyihasi ishlab chiqildi va hozirgi kunda ko‘rgazma uchastkalarida 5126 dan ortiq dekorativ xamda cho‘lga chidamli daraxtlar ekilgan.

Jumladan, O‘zbekistondagi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda ImkonLab dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonda Mo‘ynoq, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot, Nukus tumanlari yoshlarining startap loyihalariga yordam ko‘rsatilgani, Tunisning Chahbani Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi innovatsion tuproq ostidan sug‘orish irrigatsiya tizimini joriy etilgani xam ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarimiz asosini tashkil etadi.

Aytish joizki, Orol dengizi inqirozi oqibatlari Orolbo‘yi mintaqasida yashayotgan aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Keyingi 55 yilda Orol dengizining qurigan tubida 5,2 million gektar maydonda Orolqum – yangi cho‘l paydo bo‘ldi.
Dunyoning boshqa cho‘llarida bo‘lgani kabi Orolqumda ham insonlar to‘kis hayot kechirishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, bioxilmaxillik va ekotizimni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va ijtimoiy shart-sharoitlar yetarli emas. Shu bois 2021 yil 18 may kuni BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi yalpi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida maxsus rezolyusiya qabul qilindi.
Unga asosan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar, shuningdek yashil iqtisodiyot va mahsulotlardan ko‘p marta foydalanadigan iqtisodiyot tamoyillari asosida Orolbo‘yi hududini ekologik va inson inqirozi bilan bog‘liq hududdan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlangan hududga aylantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar hamda ustuvor loyihalar yo‘nalishlari belgilandi.
Hozirda BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bu borada yurtimizda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi hamkorligida BMT Taraqqiyot Dasturi, Yevropa Ittifoqi, YUNISEF, Islom taraqqiyot banki, ICBA xalqaro markazi bilan, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Tunis, Shveysariya va Kanadalik olimlar bilan Orolbo‘yining sho‘rlangan va qurg‘oqchil yerlarida ilmiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi. Orol dengizining qurigan tubidan 10 xildan ortiq tuproq tiplari asosida ilmiy lizimetrik tadqiqot maydonchasi barpo etildi.

Shuningdek, Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ko‘magida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistondagi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda ImkonLab dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonda Mo‘ynoq, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot, Nukus tumanlari yoshlarining startap loyihalariga yordam ko‘rsatildi. Tunisning Chahbani Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi innovatsion tuproq ostidan sug‘orish irrigatsiya tizimi joriy etilmoqda.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Prezident yangi qarorni imzoladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: