ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH va YOSHLAR O‘RTASIDA UNING ISTE’MOLINI CHEKLASH
Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani yoshlar o‘rtasida alkogolizm va tamaki mahsulotlari iste’molini kamaytirish, alkogol mahsulotlari aylanmasini tartibga solish va iste’molini cheklash to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirish kiritish, jumladan, yoshlar tomonidan «snyus» mahsuloti iste’molini cheklash, shuningdek, mamlakatimizda tokzorlarni ko‘paytirish, yangi uzum navlarini yaratish va o‘zbek vinolari milliy brendini yaratish haqida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda tutunsiz tamaki mahsulotlaridan yoshlarni himoyalash maqsadida Sog‘likni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida ishlangan vidiorolik barcha ta’lim muassalariga tarqatilgani ta’kidlanib, vidiorolik namoyish qilindi.
Mahalliy bozorlarda sotilayotgan hidsiz va rangsiz, tarkibida 20 grammdan ortiq nikotin bo‘lgan «snyus»ning tarqalishi va sotilishini cheklash, uni iste’mol qilish oqibatida rak kasalligini keltirib chiqarishi, bir martalik qabul dozasi bir quti sigaret darajasida zaharli ekanligi, shu salomatlikka zarali mahsulotlarning sotilishiga chek qo‘yish, tegishli qonun kiritilgan o‘zgarishlar deputatlar tomonidan o‘qilib, tasdiqlangani haqida so‘z bordi.
Shuningdek, boshqa masalalar ham tahlil qilindi.
Tadbir jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Maryam AHMEDOVA