PSKENTDA AVTOMOBILLAR POYGASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yil 12 sentyabrda Pskentdagi «Janubiy» trassasada avtopoyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda avtomobil sportini targ‘ib qilish va yutuqlarga erishishni maqsad qilgan tadbirda respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan klublarning 40 dan ortiq maxsus tayyorlangan avtomobillari ishtirok etdi.

Poygachilar uchta toifada bellashdi:
— milliy (mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar);
— S1600 klassi (dvigateli 1600 sm³ gacha bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar);
— S2000 klassi (dvigateli 2000 sm³ gacha bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar).

Barcha turlarda 15 ta doiradan iborat uchta poyga natijalariga ko‘ra, yakka tartibdagi chempionatda uchta g‘olib aniqlanib, eng yaxshi jamoalar e’lon qilindi.

Amal SOLIYEVA

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: