Ikkala tizza nega qaqshab og‘riydi?

«Ikkala tizzam qaqshab og‘riydi, nima qilsam bu azobdan qutulaman», deb shikoyat qiluvchilar ko‘p. Bu holat ko‘pincha qariyalarda va ayollarda uchraydi. Bu og‘riqlarning sabablari ikkala tizzada moddalar almashinuvi buzilishi, kalsiy tuzlari to‘planishi, zax joylarda uzoq ishlash, lat yeyishi kabi holatlardir.


Qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi? Bunday bemorlar qiynalib o‘tirib turishadi, uzoq yura olishmaydi yoki oqsoqlanib yurishadi, yurganda ikkala oyoq tosh osgandek og‘irlashib boradi, chordana qurib o‘tirganda uvishib qoladi, ba’zan muskullar tortishib, qotib qoladi. Bunday bemorlarda, ayniqsa, ayollarda oyoq tomirlari varikoz tipda kengayadi, oyoqlari shishadi. Ular ikkala oyoqning sovuq tortishidan shikoyat qilishadi, yozda ham issiq paypoq kiyib yurishadi. Ikkala oyoqqa issiq juda yoqadi va og‘riqlarni ham kamaytiradi. Biroq oyoq tomirlarida varikoz kengayish va shishlar bo‘lsa, issiqlik muolajalari mumkin emas.

Nima qilish lozim? Bemor vrach tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilishi va bu kasallikning sababi aniqlanishi kerak. Ikkala tizza raqamli rentgen yordamida tekshiriladi, qonda laborator tekshiruvlar qilinadi. Ko‘p hollarda kompyuter tomografiya shart bo‘lmaydi. Ba’zida hamma tekshiruvlar toza chiqadi, biroq ikkala tizza qaqshab og‘riyveradi. Bunday bemorlar vrach tekshiruvidan o‘tgach, radon yoki oltingugurt vannali sanatoriylarga borishsa, issiq qumga ko‘milishsa, tuzalib ketishadi. Katta yoshga yetganda tizza og‘riqlariga uchramaslik uchun yoshlik davrida sport bilan shug‘ullanish kerak.

Zarifboy IBODULLAYEV,

tibbiyot fanlari doktori,

professor

Yana o‘qing:  Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish yurak-qon tomir kasalliklaridan saqlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: