Yassitovonlik qanday paydo bo‘ladi?

Yassitovonlik bolalarning tayanch-harakat a’zolarida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bo‘lib, tovon tagi uzunasiga yerga tegib turishi bilan xarakterlanadi. Me’yoriy holatda, aksincha, tovon tagi biroz bukiluvchi holda bo‘lishi lozim. Ushbu xastalikka bolalar 3-4 yoshga to‘lganida tashhis qo‘yish mumkin. Negaki, bolada ma’lum vaqtgacha tovon suyaklari hali qotmagan, ko‘p­lab tog‘ay to‘qimalardan iborat, mushak va paylar hali kuchsiz, cho‘ziluvchan, yumshoq bo‘ladi.

Tayanch-harakat a’zolar me’yorda rivojlanganda bolada 5-6 yoshida tovon o‘zining asl holatiga keladi. Lekin ba’zida tovonning rivojlanishi o‘zgarib, yassitovon kasalligi kelib chiqadi. Yassitovonlik paydo bo‘lishida quyidagi omillar ahamiyatga ega:
ota yoki onada yassitovon kasalligi bo‘lsa, bu bolaga ham o‘tishi mumkin;
juda tekis va poshnasiz yoki juda uchli, juda keng, noqulay oyoq kiyim kiyganda;
ko‘p og‘ir yuk ko‘targanda yoki ortiqcha vazn (semizlik) tufayli oyoqlarga ortiqcha yuk tushganda;

zaif bo‘g‘imlarning o‘ta bukiluvchanligi yoki raxit tufayli bu kasallik ro‘y beradi.
Shuningdek, oyoqlarda boldir va tovon mushak­lari sholligida (poliomiyelit kasalligi ro‘y beradi) asorati yoki DSP (bolalar serebral falajligi), shuningdek, tovon jarohatlanishi ham ko‘pincha yassitovonlikni keltirib chiqaradi. Ba’zida ota-onalar kasallikka unchalik e’tibor berishmaydi. Chunki yassitovonlikning erta davrida uning belgilari kuzatilmaydi. Lekin vaqt o‘tib, tovonning o‘ziga xos amortizatsiya vazifasi buziladi va bu hol tayanch faoliyatini susaytiradi. Yurish vaqtida hamma kuch boldir, chanoq-son bo‘g‘imiga, bel umurtqalari pog‘onasiga tushadi va buning oqibatida bo‘g‘im kasalligi (artrozlar), umurtqalar pog‘onasi qiyshayishi (skolioz) kasalligi kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun yassitovonlik qancha tez aniqlansa va uning davolanishi qancha barvaqt o‘tkazilsa, kasallik rivojlanishini bartaraf qilsa bo‘ladi.

Yassitovon xastaligini davolashda o‘ziga xos davolash uslublari qo‘llaniladi. Ko‘proq fizioterapevtik davolash – parafin, elektroforez bilan davolash, gimnastika, massaj (maxsus uqalash) yaxshi natija beradi. Kasallikning dastlabki davrida eng foydali muolaja uqalash bo‘lib, u mushaklarning qotishiga, qon aylanishini me’yoriy holatga keltirishga, tovon bo‘g‘imlari va paylariga yaxshi ta’sir o‘tkazadi. Davolash vaqtida umurtqalar pog‘onasiga ham ahamiyat berish zarur. Negaki, yassitovonlikda bu a’zo shakli o‘zgarishi mumkin.
Yassitovonlik tashxisi qo‘yilgach, bola maxsus oyoq kiyim kiyishi kerak. Eng asosiysi, tanlangan poyabzal bola oyog‘ining o‘lchamiga to‘g‘ri kelishi zarur.

Tabiiy matolardan tayyorlangan, tovoni qattiq va uncha katta bo‘lmagan, poshnali, qulay poyafzal bemor bolalarning tovoni uchun foydali. Ota-onalar shuni yodda tutishlari kerakki, yassitovonlik erta aniqlanmasa va davolanmasa, tovon shakli buzilishiga sabab bo‘lib, tayanch-harakat a’zolarida turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xusnora NOROVA,

Yana o‘qing:  UY ShAROITIDA QONNI TAHLIL QILISH MUMKIN

ortoped-travmatolog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: