Karatechilarimiz muvaffaqiyati

Karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri mezbonlik qilayotgan ushbu birinchilikda Osiyo qit’asining 32 davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etib, hamyurtimiz Sadriddin Saymatov o‘z vazn toifasida Shri Lanka, Hindiston, Quvayt vakillarini va hal qiluvchi bahsda eronlik sportchini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Xotin-qizlar bahsida Osiyo o‘yinlari sovrindori Barno Mirzayeva Hindiston, Iordaniya, Xitoy Taypeyi va Qozog‘iston sportchilarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shu jumladan, ikki nafar sportchimiz – Behzod Tuyg‘unov va Abdulaziz Otaboyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  Bir gap bor (2014/7)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: