Har narsaning o‘z vaqti-soati bor…

Tug‘ilish. Tajribali doyalarning aytishlaricha, chaqaloqlarning aksariyati tungi 12 dan 4 gacha bo‘lgan vaqtda tug‘ilarkan.

Qon bosimi. Tungi soat 4 bilan 5 oralig‘ida kishi qon tomirlarida eng past bosim bo‘larkan. Shuning uchun ham bu vaqtda uyqudan uyg‘onish juda qiyin kechadi.

Yuvinish. Ertalabki 8 da sovuq suvda cho‘milish juda foydalidir. Chunki, shu paytda organizmda himoya kuchlari faollashgan bo‘ladi.

Ovqatlanish. Ertalabki 8 dagi nonushta qomatingizga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Negaki, bu paytda uglevodlar yog‘ga emas, balki energiyaga aylanadi. Lekin kechqurungi 8 da tanovvul qilingan ovqat esa qomatingizni buzishi mumkin. Chunki, u jismingizda yog‘ga aylanadi.

Davolanish. Tibbiy muolajalar uchun, ya’ni emdori (ukol) va dori-darmon qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt ertalabki 9 lar oralig‘idir. Bu paytda teri o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Biroq, ehtiyoj sezilsa, tish do‘xtiriga yaxshisi tushdan keyin uchrashganingiz ma’qul.

Ijod uchun qulay vaqt ertalabki soat 10 va tush payti. Sababi bu vaqtda miya tiniq va faollashgan bo‘ladi.

Hazm. Soat tushki 13 da meda eng ko‘p suyuqlik ishlab chiqaradi. Hatto bu paytda ovqatlanmasangiz ham.

Uyqu. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, eng shirin uyqu kunduzgi soat 14 dagisidir. Bu paytdagi uyqu organizmga tungi uyqudan ko‘ra ko‘proq xush yoqadi. Tabiblarning fikricha, sog‘liqning yarmi kun yarmidagi uyquda ekan. Bu fikrda jon bo‘lsa kerakki, Yevropa olimlari tushda ish joylarida biroz mizg‘ib olishni rasman joriy etishga jiddiy kirishishmoqda.

Soch va tirnoqlar. Soat 16 va 18 lar atrofida soch va tirnoqlarning o‘sishi tezlashadi.

Ishtaha va musiqa. Soat 17 da ishtaha tez qo‘zg‘alsa, 19 da esa musiqa tinglash uchun eng ko‘tarinki ruh paydo bo‘ladi.

Muloqot. Do‘stona muloqot uchun yaxshi soat 18 va 20 oralig‘idir. Odamzot negadir shu payt o‘zini yolg‘iz his etadi.

Baxtiyor HAYDAROV tayyorladi

Yana o‘qing:  “Osmondan nur yog‘ar, muhabbat yog‘ar...”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: