Kurash musobaqalari davom etmoqda
Joriy yil kurash musobaqalariga boy bo‘ldi. Aprel oyining dastlabki kunlari Termiz shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turnir sadolariga to‘lgan bo‘lsa, endi boshqa hududlarda davom etmoqda.
Jumladan, 1 may kuni Zarbdor tumanida katta xotira turniri bo‘lib o‘tsa, 25 aprel kuni Namangandagi «Pahlavon» sport klubida ochiq chempionat tashkil etiladi.
30 aprel, 1-2 may kunlari ham Navoiy shahrida 2001-2003 yilda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan musobaqa gilamiga o‘g‘il bolalar: 50, 55, 60 kg, qizlar: 44, 48, 52 kg.da gilamga chiqsa, 1 may kungi bahslarda o‘g‘il bolalar: 66, 73, 81 kg; qizlar: 57, 63, 70 kg vazndagi polvonlar bellashadi. Musobaqani 90, +90 kg vazndagi o‘g‘il bolalar va + 70 kg. vazndagi qizlar yakunlab beradi.
Amal SOLIYEVA,
Maryam AHMEDOVA