Shukronalik shukuhi

Bolalik umrning eng shirin, mavjli va betakror onlari hisoblanadi. U damlarni yodga olgan har qanday kishining qalbi beixtiyor to‘lqinlanib, yuragi entikadi. O‘sha betakror davrga qaytging keladi, go‘yo…

Men 90 yoshga kirgan bo‘lsamda, hamon o‘sha beg‘ubor bolaligimni eslab, qalbim larzaga keladi. O‘sha paytlar hayotimiz qanchadan-qancha qiyinchiliklar, mehnat va mashaqqatlar, og‘ir va suronli tashvishlar bilan o‘tganini, bugungi dorilomon zamonlarga yetish uchun hayotning beshafqat sinovlarini boshimizdan o‘tkazganimiz haqiqat. U og‘ir kunlarni bizdan keyingi avlodlar aslo ko‘rmasinlar.

Agar inson irodali, Vatani, oilasi, xalqiga sadoqatli, mehr-oqibatli bo‘lsa, albatta, bir kuni yaxshi kunlarga, farovon va obod turmushga erishadi. Shukrki, men ana shunday qiyinchiliklardan o‘tib shunday dorilomon kunlarni ko‘rdim. Bularning barchasi, avvalo, xalqparvar Yurtboshimizning mamlakat obodligi, tinchligi va elning osoyishtaligi, kelajak avlodning barkamol voyaga yetishi yo‘lidagi fidoyiligi tufaylidir. Kelayotgan 2014 yil Sog‘lom bola yili deb e’lon qilindi. Qaysi davlatda bolalarga bizning yurtimizdagi kabi e’tibor beriladi, imkoniyatlar yaratiladi?!

Turmush o‘rtog‘im Sa’dulla Nurxo‘jayev (Alloh rahmatiga olsin) bilan 65 yil totuvlikda umrguzaronlik qildik. 4 nafar farzandim, 15 nafar nabiram, 35 nafar chevara va 7 nafar shirindan-shakar evaram bor. Ularning kamoli, baxt-iqbolini, diydori va farovon hayotini ko‘rishdan ortiq baxt bo‘ladimi?!

Eng quvonarlisi, mustaqillikka erishgach o‘z ona tilimizga, erkimizga ega bo‘ldik. Yurtboshimiz tomonidan insoniylikni, yaxshilikni targ‘ib etuvchi udumlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy obidalarimiz, aziz avliyolar qadamjolari qayta tiklandi. Mamlakatimizda ulkan binolar, baland imoratlar qad ko‘tardi.

Mahallalarning obod bo‘lganini, kishilarning bir tan, bir jon bo‘lib obodonlashtirish va yaratuvchanlikka hissa qo‘shayotgani dilni quvontiradi. Hukumatimiz ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotganlar moddiy va ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlayotganini eshitib, ko‘rib shunday muqaddas Vatanimiz borligiga, osmonimiz tinch, turmushimiz farovon, dasturxonimiz to‘kinligiga shukronalar keltiraman.

Yoqutxon momoning dil so‘zlarini Barno AHMEDOVA yozib oldi.

Yana o‘qing:  Farovon hayotimiz asosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: