Huquqiy bilimlar yanada boyidi
Joylarda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligini nishonlashga bag‘ishlab turli bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahridagi Shayxontohur Sanoat kasb-hunar kollejida tashkil etilgan tadbir ham shular jumlasidandir.Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Shayxontohur tumani bo‘limi vakillari, tuman hududida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat notarial idoralarining notariuslari, “JAR” oila marosimlar markazi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolarimiz baxtu saodati uchun qanchalik muhim ahamiyatga egaligi, yoshlarning qonunlarni puxta bilishi, o‘z huquq va erkinliklarini teran anglashiga puxta zamin hozirlashi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Ozod va obod yurtimizdagi turli millat vakillarining haq-huquqlarini kafolatlovchi Qomusimizning har bir moddasi haqida o‘quvchilar keng tushunchaga ega bo‘ldi.
Tadbir so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Z. MAMATQULOVA