Reproduktiv salomatlikning muhim tamoyillarini bilasizmi?

Xususan, bexatar onalikni ta’minlash, homiladorlik va tug‘ruq jarayonida ona va bolaga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotir.


Shu o‘rinda reproduktiv salomatlik tushunchasiga izoh bersak. Reproduktiv salomatlik – reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida nafaqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonlik holatidir. Rep­roduktiv salomatlik va reproduktiv huquq tushunchasi ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1994 yilda bo‘lib o‘tgan aholishunoslik masalalariga bag‘ishlangan kongressida ilgari surilgan va shundan buyon ushbu ezgu tashabbusni ro‘yobga chiqarishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayapti.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda tibbiyot tizimida bu yo‘nalishdagi ishlar natijasida xalqimizga birlamchi tibbiy-profilaktika, ixtisoslashgan, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda salmoqli natijalarga erishilayapti.
Ona-bola skrining xizmatining zamonaviy yutuqlaridan har bir homilador ayol bahramand bo‘lmoqda.

Eng muhim jihatlar


Aytish kerakki, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishning 12 tamoyili bor, bular quyidagilar:
Xavfsiz homiladorlik;
Bexatar tug‘ruqlar;
Chilla davridagi malakali yordam;
Istalmagan homiladorlikning oldini olish;
Tug‘ruqlar oralig‘ini 3 yil va undan ortiq muddatga saqlash;
Zamonaviy kontratseptiv vositalar haqida aholiga keng ma’lumot berish;
Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolash /OIVni oldini olish;
Bepushtlikning oldini olish;
O‘sma va o‘smaoldi kasalliklarining oldini olish;
Ona suti bilan boqish targ‘iboti;
Onalik va bolalik muhofazasi;
O‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasi.
Ketma-ket tug‘ruq – eng og‘ir muammo.

Yuqorida keltirilgan qoidalarning har biri aholi reproduktiv salomatligini asrashda juda muhim. Biroq ular orasida jahon tibbiyotida intergenetik interval, deb ataladigan, sodda qilib aytganda tug‘ruqlar orasida kamida uch yil oraliqni saqlamaslik eng og‘riqli muammodir. Ketma-ket farzand ko‘rish onaning ham, bolaning ham hayoti va salomatligini katta xavfga qo‘yishi tibbiyotda o‘z isbotini topgan.

Biroq hamma ham bu qoidaga yetarli e’tibor bermaydi. Natija esa ancha ayanchli. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda ona va bola o‘limiga 25 foiz holatda ayni shu muammo sabab bo‘ladi. Uning oldini olish uchun aholiga bu borada to‘laqonli tibbiy-maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda aholiga bu borada tibbiy-maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish uchun Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi, uning viloyat bo‘limlari, tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda reproduktiv salomatlik xonalari tashkil etilgan. Aholiga istalmagan homiladorlikning oldini olish bo‘yicha kontratsepsiya vositalari bepul yetkazib berilmoqda. Yurtimizda har yili an’anaviy «Sog‘lom ayol» oyligi o‘tkaziladi. Bu jarayonda onalar, bolalar, o‘smirlar, fertil yoshdagi ayollar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik­lardan o‘tadi.

Hamida RAJABOVA,

Yana o‘qing:  Ruhiyat tarozisining ikki pallasi

shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: