Sovrindorlar e’lon qilindi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mamlakat chempionatining qimmatli o‘yinchisiga aylandi.
O‘tgan mavsumda Ronaldu 34 ta to‘p kiritgan, o‘nta golli uzatmani amalga oshirgan va “Real” tarkibida Primyeroning kumush medali sohibiga aylangan.
O‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomi esa Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” futbolchisi Lionel Messiga nasib etdi.
Oxirgi hafta davomida “Real” hujumchisi son mushaklari jarohati tufayli mashq qila olmadi va jamoaning ikkita oxirgi o‘yinini o‘tkazib yubordi. Biroq, Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, u yaqin dam olish kunlari maydonga chiqishga tayyor bo‘ladi.
Boshqa nominatsiyalarda mukofotlar quyidagicha taqsimlandi: mavsumning eng yaxshi murabbiysi – Diyego Simeone (“Atletiko”), eng yaxshi darvozabon – Tibo Kurtua (“Atletiko”), eng yaxshi himoyachi – Serxio Ramos (“Real”), mavsumning eng yaxshi yangi o‘yinchisi – Asyer Ilyaramendi (yozda “Real Sosyedad”dan “Real”ga o‘tgan), eng yaxshi yarim himoyachi – Andres Inyesta (“Barselona”). Shuningdek, “Fair-play” individual mukofoti (halol o‘yin uchun) “Real” darvozaboni Iker Kasilyasga, jamoali mukofot esa – Bilbaoning “Atletik” jamoasiga nasib etdi.