Dunyo va salomatlik (2013-49)

Erkaklar va ayollar miya faoliyatidagi yangi farqlar

AQSHning Pensilvaniya universiteti mutaxassislari olim Madxur Ingalxalikar boshchiligida erkak va ayollarning bosh miya yarim sharlaridagi o‘zaro ma’lumot almashinish jarayonini kuzatishdi.

Olimlar tajriba ostidagi ko‘ngillilarning bosh miyasini MRT(magnitrezonanstomograf) yordamida tekshirishdi. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra miyaning oq moddasidagi suvning aralashishini kuzatish mumkin.

Aniqlanishicha, kuchli jins vakillarida signallar asosan miyaning bitta yarim shari ichida uzatilar ekan. Yana bir yangilik, ilgari britaniyalik olimlar kalla suyagi tuzilishi va shaxsiy hayotning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishgan edi. Ekspertlarning aniqlashlaricha, erkaklar o‘zlariga umr yo‘ldoshi tanlashda ularning yuz tuzilishiga katta e’tibor qaratadi. Ya’ni, cho‘zinchoq va go‘shtdor yuzli, kvadrat shakldagi jag‘ga ega ayollar ingliz erkaklari nazdida uncha ko‘zga tashlanmaydi. Ammo ularga ko‘proq nazokatli va boshi yumaloq, shuningdek nozu karashmali ayollar yoqar ekan. Biroq, bunday sifatli ayollar bilan turmush qurishga ingliz erkaklari cho‘chishar ekan.

Dengiz korallari singan suyaklarni davolashda qo‘llanilmoqda

Suonsi universiteti olimlari dengiz korallarini inson suyak to‘qimasi bilan moslashtirishga erishdilar. Shuni ta’kidlash joizki, korall tarkibidagi gidroksiapatit bir necha yillardan beri suyak to‘qimasini ko‘chirib o‘tkazishda foydalanilmoqda.

Ammo, u butunlay organizmda parchalanib ketmaganligi sababli chegaralangan miqdorda ishlatilayotgan edi. Chunki, bu material g‘ovak tuzilishga ega bo‘lgani uchun bitgan suyak qayta sinib va patogen mikroblar ko‘paygan hollari ham kuzatilgan.

Tadqiqotchilar Xitoyning janubiy qirg‘oq bo‘ylaridagi dengiz korallaridan qisman karbonat kalsiy ajratib oldilar. Uni karbonat gidroksiapatit bilan aralashtirdilar. Natijada karbonat gidroksiapatit kalsiy hosil bo‘ldi. Bu modda suyak ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanilgan. Hozirda bu jarrohlik amaliyoti qo‘llanilgan 16 nafar bemorning ahvoli yaxshi. O‘tgan to‘rt oy davomida amalga oshirilgan analizlar natijasi qoniqarli chiqdi. Oradan ikki yil o‘tgach, tanaga kiritilgan bu modda butunlay so‘rilib ketadi va shikastlangan suyakning yaxshi bitib ketishiga yordam beradi.

Laboratoriya sichqonlarida o‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra korallardan ajratib olingan karbonat gidrosiapatit, kalsiy hamda o‘zak hujayralar ko‘chirib o‘tkazilganda karbonatning yuza qismida yangi suyak to‘qimasi paydo bo‘lgani kuzatildi.

GULSHIRIN

Yana o‘qing:  Saraton kasalligining oldini olish

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: