Har daqiqa – sergak va ogoh

Dunyoda kasblar ko‘p. Har birining o‘ziga xos mashaqqati bor. Kishilarning xavfsizligini ta’minlash hamda turli salbiy holatlarning oldini olishda yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining o‘rni beqiyos.

Olov bilan yuzma-yuz kelish, zarur bo‘lganda jon fido qilish mardlar ishi. Turli noqulay va murakkab sharoitlarda o‘t bilan olishish qanchalik chaqqonlik, jasorat va mas’uliyat talab qilishini hamma ham anglayvermaydi. Yong‘in xavfsizligi xodimlaridan har daqiqada fidoyilik talab qilinadi. O‘z navbatida o‘tgan yillar davomida respublikada yong‘in xavfsizligini ta’minlash, sodir bo‘lgan yong‘inlarni tezda bartaraf etishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o‘laroq, yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va bo‘linmalari moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu esa o‘t o‘chiruvchilar ishini yengillashtiribgina qolmay, ko‘plab kishilarning hayoti asrab qolinishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda peshona teri evaziga yetishtirilgan boyliklarni olovdan asrash, tashkilot, muassasa, xalq xo‘jaligi maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida boshqarma va uning hududiy bo‘linmalarida aniq belgilangan tadbirlar asosida ish olib borilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim fuqarolarning o‘z uylarida e’tiborsizligi, tabiiy gazdan hamda isitish tarmoqlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida tilsiz yov bilan bog‘liq turli ko‘ngilsizliklar kelib chiqyapti. Natijada ham o‘zi, ham oilasi jabr ko‘rmoqda. Har bir fuqaro kundalik turmushida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilib borsa, turli ofatlarning oldi olingan bo‘lar edi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilsangiz davlat va shaxsiy mulkingizni, uy joyingizni talofotdan asragan, shuningdek farzandlaringiz va yaqinlaringizning xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz.

F.ARIPBOYEV,

12-XYOXO 24-XYOXK katta inspektori, serjant

Yana o‘qing:  Ibn Sino ta’limoti – fan taraqqiyotida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: