Sog‘lom oiladan – sog‘lom kelajak sari

“Qushbegi” sport majmuasi bugun har qachongidan ham gavjum. Karnay-surnay sadolari. Sport musobaqasi boshlandi va ishtirokchilar bir qator bo‘lib joylarini egallashdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi…

Poytaxtimizdagi 38-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak” an’anaviy musobaqasining respublika bosqichi ana shunday ko‘tarinki ruhda boshlandi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan eng kuchli, deb topilgan oilaviy jamoalar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi S.Inamova Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom oilani shakllantirish, oila institutini rivojlantirish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirishga doimiy e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yurtimizning barcha hududlarida tashkil etilgan Skrining markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Reproduktiv salomatlik markazi, ularning mintaqaviy filiallarida onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu sa’y-harakatlar bejizga emas. Bularning isboti sifatida ayni vaqtda ta’lim tizimidagi sport inshootlari, maktab sport zallari va suzish havzalarining umumiy soni 10 mingtadan oshib ketdi. Ma’lumot sifatida sport majmualarimizda 1 million 800 ming nafardan ziyod bola sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

“Obod turmush yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur an’anaviy musobaqa aholi, ayniqsa, oilalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishda muhim omil bo‘lmoqda desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.

Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi, 63-modda

“Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak” shiori ostidagi oilaviy jamoalar o‘rtasidagi musobaqa ham ushbu maqsadga xizmat qilmoqda. Mazkur musobaqada oilaviy jamoalar o‘z mahoratini, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillik fazilatlarini namoyish etadi. Ota-onasining g‘alabaga ishtiyoqini ko‘rgan o‘g‘il-qizlarda maqsad sari intilish, iroda, matonat kabi sifatlar shakllanadi.

Yana o‘qing:  E’tibor va g‘amxo‘rlik xalqimizga xos fazilat

– Oilamizda sportning ahamiyati katta. Har bir ota-ona singari biz ham farzandlarimizni sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini istaymiz. Qizlarimizning salomatligini mustahkamlash maqsadida ularni sportga jalb etganmiz. Bu sa’y-harakatlar sog‘lom ulg‘ayishiga xizmat qilishi bilan birga, xulq-atvori, ruhiyati, dunyoqarashi va o‘qishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, – deydi K.Yusupov.

Qibraylik Komiljon Yusupov oilasida sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qilinadi. Komiljon aka tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida akrobatika bo‘yicha murabbiy. Turmush o‘rtog‘i Muxtabar opa esa maktabda o‘qituvchi. Qizlari Muxlisa va Feruza badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanadi.

Ushbu musobaqa ikki bosqichda o‘tkazilib, viloyat bosqichida tuman jamoalari o‘rtasida joriy yilning 20-30 sentyabr kunlari o‘tkazildi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilaviy jamoa esa respublika bosqichiga yo‘llanma olgan edi.

Musobaqada oilaviy jamoalar kim chaqqon, baland to‘siqlar estafetasi, yugurish, akrobatika, nishonga otish estafetasi, arqon tortish, arg‘amchida sakrash, chaqqon ona hamda epchil qiz shartlari bo‘yicha bellashishdi.

Komiljon Yusupov oilasi musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Poytaxtlik Ravil Safin, samarqandlik Berdiyor Turobov oilaviy jamoalari ikkinchi va uchunchi o‘rinlarga loyiq topildi.

Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalq farovonligi, mamlakat tinchligi, oilalar mustahkamligi va barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadlar mujassam. Ana shunday ezgu maqsadlar ushaladigan maskan esa, shubhasiz – oiladir. Zero, barkamol avlod tarbiyasi yurt kelajagini belgilaydi. Istiqlol farzandlari bugun ilm-fan, sport, san’at, ma’naviyat va ma’rifat kabi sohalarda ulkan muvaqqiyatlarini qo‘lga kiritishi shubhasiz oiladagi sog‘lom muhitning shakllanganidan dalolatdir.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: