«Farzandimning ovozi bo‘g‘ilib qoldi…»

Shifo istab keluvchilar orasida farzandining tez-tez tomog‘i og‘rishi, ovozi xirillab, ba’zan bo‘g‘ilib qolishidan shikoyat qiladigan ota-onalar uchrab turadi. Ularni «Bu qanday kasallik?», «Davolasa yoki oldini olsa bo‘ladimi?», «Oila sharoitida qanday choralar qo‘llash mumkin?» kabi savollar o‘ylantiradi. Mazkur maqolada shu mavzuda so‘z yuritamiz.

Laringotraxeit qanday kasallik?


Yuqorida keltirilgan alomatlar bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydigan laringotraxeit kasalligi belgilari bo‘lib, traxeya va xalqumning yallig‘lanishidan kelib chiqadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bu xastalik asosan 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydi. Bunda gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyali kasalliklar (O‘RVI)ga chalinganda malakali tibbiy yordam olmaslik, allergiya, zararli bakteriyalar, viruslar asosiy sabab bo‘ladi. Oilada bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish, parvarishiga yetarli e’tibor bermaslik, tozalik-­ozodalikka rioya etmaslik, sovuq qotish kasallikni yanada rivojlantiradi.

Aytish kerakki, traxeya havo o‘tkazadigan a’zo bo‘lib, uning yallig‘lanishi natijasida tomoqning shilliq qavati shishadi va havo o‘tishi qiyinlashadi. Xalqum esa havo o‘tkazish funksiyasidan tashqari, ovoz ham hosil qiladi. Shu bois, bu kasallikda bolaning ovozi bo‘g‘ilib qoladi.

Mutaxassis ko‘rigi juda muhim


Bu xastalikka chalingan bolalarda ovoz bo‘g‘ilishi barobarida tana harorati ham oshib ketadi, holsizlanadi, dag‘al va quruq yo‘taladi. Limfa bezlari shishishi mumkin. Bunday vaziyatda bolaga shirinlik, rangi qizil meva-sabzavotlar berish uning ahvolini yanada qiyinlashtiradi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasida kasallik asoratlanmaganligi aniqlansa, bolani ambulator sharoitda davolash mumkin. O‘tkir bosqichga o‘tganda esa, bemor shifoxonada, vrach nazorati ostida sog‘lomlashtiriladi.

Muolajalar kompleks tarzda antibakterial, virusga qarshi, antigistamin, allergiyaga qarshi, spazmolitik dori-darmonlar vositasida amalga oshiriladi. Xonadon sharoitida bemor bolani to‘g‘ri ovqatlantirish va parvarishlash nihoyatda muhim. Bolaga ko‘proq suyuqlik berish, vrach tavsiyasi asosida damlamalar ichirish, uyni toza-ozoda tutish, uch oygacha parhez taomlar tayyorlab berish, ko‘krak suti bilan boqilayotgan go‘daklarni o‘z vaqtida ona suti bilan oziqlantirish kerak.

Nafisa SULTONOVA,

oliy toifali shifokor

Yana o‘qing:  Konservalangan “zahar”dan totinmang yoki botulizm hayot uchun xavfli xastalik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: