Bosh aylanishi nimadan darak beradi?

Ba’zan inson turgan joyida qalqib ketib, atrofdagi buyumlar o‘zi bilan birga harakatlanganday, chirpirak bo‘lib aylanganday tuyuladi. Bunday holatlarda, bosh aylanishidan ko‘pchilik bemorlar shikoyat qiladi. Ayniqsa, bu holat katta yoshli insonlarda ko‘p uchraydi. Bosh aylanishi nimadan darak berishi xususidagi SSV Matbuot xizmati savollariga tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidova javob beradi.

– Bosh aylanishi kimlarda ko‘proq kuzatiladi? Odatda bunga nima sabab bo‘ladi?

– Bosh aylanishi har qanday yoshdagi kishida kuzatilishi mumkin, ammo keksalarda tez-tez uchraydi – 70 yoshdan oshgan odamlarning 20 foizigacha bo‘lgan qismi bu muammoga duch kelishadi. Katta yoshlilar o‘rtasida ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq aziyat chekishadi.
Agarda alkogoldan zaharlanish, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri, suvsizlanish, qizib ketish yoki issiq urishi, avtomobil, poyezd yoki kemada sayr qilish, kamqonlik, qonda qand miqdorining pasayib ketishi, qon bosimining tushib ketishi, birdaniga ko‘p jismoniy mashqlar bajarish, quloq infeksion kasalliklari tufayli bosh aylanishi qisqa davom etsa, odatda, bu inson uchun zararsiz bo‘ladi.

– Bu holat qaysi kasalliklar alomati hisoblanadi?


– Bosh aylanishi jiddiy kasalliklarning alomatlari ham bo‘lishi mumkin – aritmiya va insult­dan tortib, saratongacha bo‘lgan xastaliklarning alomati hisoblanadi. Shu bois bosh aylanishining turlarini ajratish juda muhim.
Deylik, boshning tez-tez va uzoqroq aylanishi quloqning jiddiyroq kasalliklari(vestibulyar nervning virusli infeksiyalari, labirintit)da uchraydi. Bunday bosh aylanishiga be’tibor bo‘lmaslik kerak. Chunki bu holatda kasallik belgilarsiz boshlanib, infeksiyaning miyaga o‘tib ketish xavfi yuqori bo‘ladi.

– Bosh aylanishining yana qanday ko‘rinishlari bor?


Birdaniga holsizlik, ko‘rish yoki eshitish, nutqning buzilishi bilan kechadigan bosh aylanishi ham bor. Bunday holat insultni bildiradi. Agar bemorning nutqi o‘zgarib, yuz simmetriyasi buzilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki insult kasalligida butunlay tuzalib ketish taxminan 16 foizga teng, qolgan 84 foiz holatda bemorning o‘limi yoki nogironlik bilan tugallanadi.
O‘tirgan joydan turilganda qisqa vaqtli ortostatik bosh aylanishi ko‘p uchraydigan holat. Ko‘pincha u organizmda suyuqlik yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli kunning issiq vaqtlarida ko‘proq suyuqlik ichish kerak. Agar sizda suvsizlanish yo‘q bo‘lib, ortostatik bosh aylanishi bo‘lsa, sizda yurak ritmining buzilishi yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.
Bosh aylanishi bilan birga kuchli bosh og‘riqlari, yurishning qiyinlashishi va yiqilish, ko‘ngil aynishi va qusish, hushdan ketish, nafas olishning qiyinlashishi, bo‘­yin muskullarining tortishishi va talvasalar kuzatilsa, albatta, shifokorga murojaat qilish kerak.

Yana o‘qing:  BEPUSHTLIKNING YANA BIR SABABI

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: