Qora sedana ming dardga davoligini bilasizmi?

Tadqiqotlarga ko‘ra qora sedana yog‘i meditsina preparatlariga qattiq qarshilik ko‘rsatadigan bakteriyalardan ham kuchli, ustun va faol ekan. Shu bilan birga bola emizuvchi onalar suti sezilarli ko‘payishiga sabab bo‘lishi ham isbotlangan.

Tabobatda sedananing urug‘i va yog‘idan foydalanilib, tarkibida tana uchun kerakli moddalar mujassam. Urug‘i tarkibida 38 foiz gidrokarbonat, 35 foiz turli yog‘lar, 21 foiz albumin (turli oqsillar) bor. Qolgan 6 foizida yuzdan ortiq foydali moddalar mavjud.

Inson tanasi yog‘ ishlab chiqarolmagani uchun uni tashqaridan olishga majbur. Bir gramm sedana insonga zarur kunlik yog‘ ehtiyojini qondira oladi. U immunitet tizimini mustahkamlab, rak, OITS kabi kasalliklarga qarshi tavsiya etiladi. Qon bosimi, isitmani tushirishi va tabiiy antibiotik kabi ta’sir kuchlariga ega.

Sedana asab tizimi kasalliklari, ichki yaralar, gijja, ayollardagi og‘riqli va anormal hayz sikli, rak kasalliklari, nafas olish yo‘llari kasalliklari, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, bo‘yrak, jigar kasalliklari, bosh, tish og‘rig‘i, shamollash, ko‘z xastaliklari, yurak, oshqozon kasalliklariga davo sifatida qo‘llaniladi.

      Maryam AHMEDOVA

tayyorladi.

Yana o‘qing:  Saraton hamisha xavfli bo‘lmaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: