Yosh shaxmatchilarimiz g‘alabasi

Turkiyaning Eskishehir shahrida shaxmat bo‘yicha 14 va 16 yoshgacha shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘zining yuksak samaralarini berayotir. Dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan yosh iqtidor egalari ishtirok etgan mazkur xalqaro turnir ham o‘zbek o‘g‘il-qizlari iste’dod va mahorat bobida hech kimdan kam emasligini yana bir karra namoyon etdi.

14 yoshgacha shaxmatchilar o‘rtasidagi musobaqada 62 nafar o‘g‘il-qiz kuch sinashdi. Turnirda mag‘lubiyatsiz o‘ynagan mamlakatimizning ko‘p karra chempioni – Ortiq Ne’matov olti imkoniyatdan besh ochko jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shaxmat bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan hamyurtimiz musobaqada turkiyalik Janberk Kochak, Sodiq Nozikqo‘l, turkmanistonlik Farxan Kazimov, ozarbayjonlik Ismoil Shohaliyevni mag‘lubiyatga uchratib, o‘z jamoadoshi Fotih Abduxoliqov hamda qirg‘izistonlik Aydar Kenanboyev bilan durang o‘ynadi.

16 yoshgacha o‘smirlar musobaqasida 61 nafar shaxmatchi dona surdi. Musobaqada kuchli o‘yin ko‘rsatgan “Umid nihollari – 2012” sport o‘yinlari g‘olibi Alisher Bekmurodov jamoamiz hisobiga bronza medal qo‘shdi.

Yana o‘qing:  Yo‘l hushyorlikni yoqtiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: