Tejamkorlik – tadbirkorlik asosi

Mamlakatimizda elektr xo‘jaliklarini tartibga solish maqsadida “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi xodimlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi qarori asosida Toshkent shahridagi tadbirkorlik sub’yektlarida rejali tekshirishlar o‘tkazilmokda.

Tekshiruvlar davomida tadbirkorlik sub’yektlarida elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs mavjud emasligi yoki mavjud bo‘lganda ham “Iste’molchilar elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” asosida bo‘lim sinovidan o‘tmaganligi aniqlanmoqda.

Ayni paytda dunyo miqyosida yoqilg‘i-energetika resurlarini tejash, undan oqilona va samarali foydalanish hamda kam xarajat evaziga ko‘p mahsulot ishlab chiqarish dolzarb masalalardan sanaladi. Shu bois yurtimizdagi yirik ishlab chiqarish va unga tenglashtirilgan korxonalarda ushbu vazifani bajarish katta mas’uliyatni talab etadi. Joriy yil davomidagi tekshirishlar natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan elektr energiyasidan nooqilona foydalanish holatlari, elektr qurilmalarini belgilangan qoida va talablarga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holatlar aniqlandi va ushbu elektr qurilmalari elektr tarmoqlaridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qalar vaqtincha uzib qo‘yildi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida korxonalarda “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”ning 11-bandi talabiga asosan elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanishi lozim. Elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar shaxcning vazifasi – elektr va issiqlik energiyasini tejash, korxonadagi mavjud qurilmalarni yangi zamonaviy uskunalarga almashtirish ishlarida qatnashish, noan’anaviy energiya manbaalaridan foydalanish, elektr va issiqlik energiyasi zahiralarini aniqlash borasida tadbirlar tashkil etish, mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan elektr va issiqlik energiyasini solishtirma me’yorlarini ishlab chiqish, iste’mol hisobotlarini tayyorlash hamda elektr qurilmalarni belgilangan qoidalar talablaridagi texnik holatda saqlab turishdan iborat.

Tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari tomonidan korxonada elektr xo‘jaligi bo‘yicha malakali javobgar shaxs tayinlash xo‘jalik sub’yeklarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisa, avariya va yong‘in holatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dilshod LUTFULLAYEV,

“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori

Yana o‘qing:  Yosh shaxmatchilarimiz g‘alabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: