«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filiali xodimlari Asaka tumani «Ergashobod» MFYda yashovchi 105 nafar kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz otaxon va onaxonlarni, ayollar hamda bolalarni manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-darmonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali xodimlari Karmana tumanidagi Bog‘ishamol, Kamolot, Do‘stlik, Narpay mahallalarida yashovchi nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar a’zolari va homilador ayollardan 419 nafarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 133 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Samarqand viloyati hududiy filiali xodimlari Samarqand tumanidagi Andijoniy mahallasida yashovchi oilalar vakillaridan 130 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.


***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari Jizzax shahridagi Oqqo‘rg‘on, Zafarobod tumanidagi Erkin, Sharof Rashidov tumanidagi Qorayantoq, Bobur mahallalaridan 423 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 300 nafar ehtiyojmand, ko‘p bolali, nogironi bor aholi vakillariga xayriya yordamlari ko‘rsatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati hududiy filiali vrach mutaxassislari Farg‘ona tumani «Avval» MFYda bo‘lib, hududda yashovchi kam taminlangan, ehtiyojmand oilalarda bo‘lib, tibbiy ko‘rik tashkil etishdi. Dori-darmonlar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Surxondaryo viloyati hududiy filiali xodimlari N-harbiy qismlarning Denov, Muzrobod tumanlari va Termiz shahar bo‘limlarida harbiy xizmatchilar oila a’zolaridan 356 nafarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 198 nafariga dori-darmonlar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Xorazm viloyati hududiy filiali xodimlari Urganch tumani Chandir, Qiyot, Qaychili, Baqay mahallalarida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalardan 107 nafar kishiga tibbiy ko‘rik tashkil etdi. Fuqarolarga dori-darmonlar tarqatildi. 32 nafar fuqaro UTT, 8 nafar fuqaro EKG tekshiruvidan o‘tkazildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali xodimlari Qibray tumani «Guliston» QVPda Guliston va Parvoz mahallarida yashovchi 114 nafar kishiga dori-darmonlar tarqatishdi. UTT tekshiruvi tashkil etildi.

Yana o‘qing:  OCHIQ, ERKIN VA OSHKORA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: