Bolani davolashda 5 ta muhim qoida

internetdan ko‘p ma’lumot olsak ham baribir kasal bolani parvarish qilishda xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Shunday ekan e’tiborli bo‘lishimiz biz uchun juda muhim. Quyida bu boradagi xatti-harakatlarimizda nimalar to‘g‘ri, nimalar esa noto‘g‘riligi haqida so‘z yuritamiz.

Haroratning ko‘tarilishi


Bolaning tana harorati 38,5 darajaga ko‘tarilmagunicha unga issiqni tushiradigan preparatlarni bermaslik kerakligini shifokorlar takrorlashdan charchamayapti. Shunga qaramasdan, bunday paytda asabi taranglashgan ota-onalar termometr ko‘rsatkichi 38 darajaga yetmasdan bolani tabletkalar bilan «siylashda» davom etadi.
Nima qilish kerak: harorat yuqoriga ko‘tarila boshlashi bilan bolaga ko‘proq suyuqlik bering, uning tanasini nam sochiq (ammo sovuq emas!) bilan arting. Asal, malina, limon – bularning barchasi haroratni tushiruvchi tabiiy vositalar bo‘lib, ular organizmga yumshoq ta’sir ko‘rsatadi. Bolaga preparatlar 38,5 darajadan boshlab beriladi, agar haroratni yomon ko‘tarsa, unda 38 darajaga yetganida beriladi. Dorilarni qabul qilish orasida muayyan tanaffus bo‘lishi kerakligini unutmang, tanaffus vaqtini dorining yo‘riqnomasidan bilib olish mumkin. Tabletkalarni qabul qilish orasida bolani nam salfetka bilan arting va unga ko‘proq suyuqlik ichiring.

Malina va asal – haroratni tushiruvchi eng yaxshi vosita


Shamollagan bolaga organizmdagi toksinlarni chiqarish uchun ko‘proq suyuqlik ichirish zarur. Tomoq og‘riganida esa iliq ichimlik og‘riqni ham qoldirishi mumkin. Shularni o‘ylagan holda, bolaga limon va malinali choy tayyorlab berishadi.
Nima qilish kerak: bu ichimliklar faqat oz miqdorda yaxshi. Ularning hammasi shirin bo‘lgani sababli bu buyraklarga qo‘shimcha yuklama bo‘ladi. Bundan tashqari, limon, malina yoki smorodina solingan issiq ichimlik shundoq ham og‘riyotgan tomoqni yanada ko‘proq jarohatlashi mumkin. Haroratni tushirish uchun pediatrlar bolaga oddiy, biroz iliq suv berishni tavsiya etadi. Bunda uni tomchi rejimida – har 5-10 daqiqada 1-2 choy qoshiqdan berish samaraliroq bo‘ladi.


Bola shamollaganida


Albatta, shamollagan bolaga issiqlik zarur. Biroq uni uyning ichida o‘rab tashlashga hojat yo‘q. Buning ustiga, agar bolaning issig‘i bo‘lsa, qalin kiyim uning ahvolini yanada yomonlashtiradi, xolos.
Nima qilish kerak: harorat yuqoriga ko‘tarilayotganida bola qaltiray boshlaydi, o‘zi o‘ranib olishni xohlaydi. Lekin harorat avjiga chiqqanida qizib ketadi, bu paytda uni ko‘rpaga o‘ramang. Aksincha, yechintirib, tanasini nam sochiq bilan arting. Namlik bug‘lanishi hisobiga tana harorati pasaya boshlaydi.

Yana o‘qing:  Enkoprez – bu dard bola ruhiyatiga bog‘liqmi?

Darhol antibiotiklar berish kerakmi?


Shamollash kasalliklarining kelib chiqishiga viruslar sababchi bo‘lishi va antibiotiklar virusga ta’sir qilmasligiga qaramasdan, ota-onalarning ko‘pchiligi shamollash kasalliklarini ana shu preparatlar bilan davolashni ma’qul ko‘radi. Unda onalar ham, buvilar ham to‘g‘ri ish qilayotganiga ishonchi komil bo‘ladi. Holbuki, butun dunyo bo‘ylab shifokorlar antibiotiklar ochiq sotilayotganidan qattiq tashvishda. Gap shundaki, bakteriyalar shifokor nazoratisiz berilgan antibiotiklarga chidamlilik hosil qilish xususiyatiga ega. Bu ketishda jiddiy va hayotga tahdid soluvchi kasalliklarni davolashning iloji bo‘lmay qoladi.
Nima qilish kerak: yagona to‘g‘ri yo‘l – bu shifokorga murojaat qilish. Agar u virusli infeksiyaga bakterial infeksiya qo‘shilganini ko‘rsa, sizning holatingizga to‘g‘ri keladigan antibiotikni yozib beradi.

To‘liq tuzalishiga yo‘l bering


Odatda maktab o‘quvchilarining ota-onalari shunday pozitsiyani egallaydi. Kasal o‘quvchi uch kun yotdi, harorat tushdi – endi olg‘a, yana bilim olishga! Aksariyat hollarda ota-onalar yo‘tal hali borligiga, tumov esa oxirigacha o‘tib ketmaganiga e’tibor bermaydi. Zaiflik va toliqish borasidagi shikoyatlarni esa maktab o‘quvchisining bahonasi sifatida qabul qiladi. Pediatrlar bolaning bunday tuzalishi asoratlarga yoki yana kasallanishga olib kelishiga ishonchi komil.
Nima qilish kerak: bola to‘liq tuzalishiga yo‘l bering. U barcha yozilgan dorilarni uyda ichib tugatsin, tomoq chayqash va ingalyasiyalarni oxirigacha yetkazsin. Agar bola antibiotiklarni qabul qilayotgan bo‘lsa, maktabga umuman shoshmagan ma’qul. Darslarni uyda ham qilsa bo‘ladi. Umuman olganda esa, salomatlik matematikadan olinadigan besh bahodan ko‘ra muhimroq.

Hamida RAJABOVA,

pediatr-shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: