Sodiq do‘st, yaqin hamroh

Joriy yilning 20-22 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston matbuoti” III Milliy ko‘rgazmasi o‘tkazilgani haqida avval xabar bergan edik. Tadbirlar doirasida “Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida kitobning o‘rni” mavzuida ilmiy-amaliy seminar ham tashkil etildi.

Unda noshirlarimiz tomonidan 200dan ziyod yangi nomdagi kitoblar taqdimoti hamda adib va shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy seminardan ko‘zlangan maqsad Prezidentimiz tomonidan o‘zbek tili va adabiyotini rivojlantirish orqali xalq ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantrish, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, O‘zbekistonni boy milliy adabiyoti orqali dunyoga tarannum etish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iboratdir.

Mazkur ilmiy-amaliy seminarda sohaning yetuk mutaxassislari, shoirlar, yozuvchilar, olimlar va noshirlar “Axborot-kutubxona sohasiga doir qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish masalalari”, “Kitobxonlik – ma’naviy yuksalishning muhim mezoni”, “Yoshlarda kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirishning dolzarb vazifalari”, O‘zbekistonda elektron kitoblar bozori istiqbollari” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  SAMARADORLIK YO’LIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: