Bepul meva va sabzavot

Chexiyaning Praga shahridagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul meva-sabzavot tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Endi bolakaylar tushlik vaqtida istagancha meva va sabzavot mahsulotlaridan iste’mol qilishi mumkin.

Mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan “Maktablarga sarxil meva” loyihasiga ko‘ra, to‘qson ikki foiz boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bunday meva va sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanadi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, olti yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalar meva va sabzavotlarni muntazam iste’mol qilishi zarur. Bu ularning aqliy faoliyati rivojlanishiga va jismonan baquvvat bo‘lib voyaga yetishiga yordam beradi.

Yana o‘qing:  Oshkoralik va xolislik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: