Muzlamaydigan yo‘llar
Niderlandiyada velosipedlar harakati uchun alohida yo‘llar qurilishi boshlandi. Maxsus qorishma bilan qoplanadigan bunday yo‘llar qishning izg‘irin kunlarida ham muzlamaydi.
Bu yog‘ingarchilik vaqtida ham hech qanday xavotirsiz velosipeddan foydalanish imkonini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, mamlakatning Zyutfen va Utrext shaharlarida quriladigan mazkur yangi yo‘llar noqulay ob-havo sharoitida velotransportdan foydalanuvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan halokatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.