Immunitetni oshiruvchi mahsulotlar
Qish arafasida tibbiyot mutaxassislari energiyani tejovchi va bakteritsid ta’sirga ega mahsulotlarni ko‘proq tanovul qilishni tavsiya etadi.
Amerikalik shifokorlar hatto maxsus sxemani ham yaratgan bo‘lib, unda kasal bo‘lganda va profilaktika maqsadlarida, shuningdek, organizmni sovuqdan asrash maqsadida iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ko‘rsatilgan.
Sarimsoqpiyoz. Uning infeksiyani yaqinlashtirmaslik xususiyati qadimdan ma’lum. Misrliklar uni gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) kasalliklarida tavsiya etishgan. Hozirgi kunda shifokorlar ham ushbu xastaliklarda kuniga sarimsoqpiyozning bir pallasini iste’mol qilishni maslahat beradi.
Qizil bulg‘or qalampiri – ushbu sabzavotda S vitamini limondagidan ham ko‘proq bo‘lib, u immunitetni oshiradi.
Brokkoli karami – A, V, S vitaminlarining manbai, immun tizimini mustahkamlaydi.
Na’matak – S vitaminiga juda boy, yallig‘lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega.
Asal – organizmning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatini kuchaytiradi va tinchlantiradi.
Sabzi – kasalliklarga qarshilikni kuchaytiradi, A vitaminiga boy, yo‘talda foydali (qand bilan).
Yogurt yoki qatiq – immunitetni oshiradi, organizmdagi mikroflorani mustahkamlaydi.
Toza suv – organizmni toksinlardan tozalash hisobiga kasalliklarga qarshilikni kuchaytiradi va metabolizm (moddalar almashinuvi)ni rag‘batlantiradi.
Dengiz balig‘i va dengiz mahsulotlari – tarkibida tanadagi issiqlikni saqlashga yordam beruvchi va shamollash alomatlariga qarshi kurashuvchi rux moddasi bor.