ALOEning biz bilmagan xususiyati haqida

Asli vatani Afrika bo‘lgan bu o‘simlik yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Hozir diyorimizda aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o‘simlik sifatida xonadonlarda o‘stiriladi.

Ushbu o‘simlikning qariyb 180 turi ma’lum. Aloe bargidan olib quritiladigan shira-sabur sifatida, konservatsiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitni davolashda ishlatiladi.

Xalq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarni, o‘pka silini va boshqalarni davolashda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko‘payishining oldini oluvchi modda bor. Shuning uchun ham uning bargidan ari chaqqanda, terini pichoq yoki boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini o‘rtasidan uzunasiga yorib, dardmand joyga qo‘yib bog‘lanadi. Arining zahrini ham ketkazadi.

Tibbiyotda qo‘llash uchun aloening yangi yig‘ilgan bargidan shira olinadi va spirt bilan konservalanadi. Shira bakteritsid xususiyatiga ega bo‘lib, kuygan joyni, yuqumli va boshqa yaralarni hamda me’da va ichakning ba’zi kasalliklari (kolit, gastrit va h.k.) davolashda ishlatiladi. Aloening suvli ekstrakti immunostimullovchi xususiyatga ega bo‘lib, organizmni turli kasalliklardan himoya qiladi.

Shuningdek, biogen stimulyatorlarga boy aloe barglaridan kanakunjut yog‘i hamda ekvalipt efir moyi qo‘shib, aloe emulsiyasi tayyorlanadi. Ushbu preparatlar organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun aloe bargidan tayyorlangan stimulyatorli suyuq ekstrakt ko‘z kasalliklari (konyunktivit, ko‘z shishasimon tanachasining xiralashishi va h.k.)ni surunkali artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasini ham davolashda keng qo‘llaniladi.

Aloe emulsiyasi teri kasalliklarini (quruq va ho‘l epidermit) hamda nur bilan davolash natijasida 2-3 darajali kuygan joylarni tuzatishda ishlatiladi.

Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi shirasidan bachadon eroziyasi kasalligiga qarshi davolanadi. U nafaqat dorivor o‘simlik balki ishtaha ochuvchi hamdir.

Nargiza Uglamova tayyorladi.

Yana o‘qing:  Gaymoritni xalq tabobati usuli bilan davolash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: