Bolalar salomatligi yo‘lida

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniyaning «Peace Village International» xalqaro tashkiloti bilan tuzilgan 3 tomonlama shartnoma doirasida har yili 2 marta barcha hududlardan bemor bolalar Germaniyaning nufuzli klinikalariga davolanishga yuborilyapti.

18 yildan buyon 12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar bepul davolab kelinayotir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila farzandlariga ko‘rsatilayotgan yordam tufayli ko‘plab bemorlar sog‘lom hayotga qaytmoqda.

Shu o‘rinda aytish kerakki, 2002-2020 yillar davomida 395 nafar bola tananing kuyish asoratlari, tug‘ma oshqozon-ichak, siydik va nafas yo‘llari hamda tayanch-harakat tizimi tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari hamda boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanib qaytishdi.
Shu yilning fevralida 8 nafar bola GFR klinikalariga davolanishga yuborildi. Shuningdek, ilgari davolanishga ketganlardan 10 nafari sog‘lomlashtirilib, ota-­onalari bag‘riga qaytib keldi. Bugungi kunda 16 nafar bola davolanishni davom ettirmoqda.

2017-2019 yillarda 600 nafardan ortiq yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarda bepul operatsiyalar amalga oshirildi. Jumladan, Germaniyaning «Friyedenzdorf interneyshnl» xalqaro xayriya tashkilotining grant mablag‘lari doirasida murakkab turdagi yurak tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bemor bolalarning 19 nafari «Era Med» klinikasida, 17 nafari «Ezgu niyat» MCHJ klinikasida, 8 nafari Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, 11 nafari Samarqand viloyati «Maqsud Akmal yurak-qon tomir markazi» MCHJda operatsiya qilindi. Shuningdek, «Friyedenzdorf interneyshnl» xalqaro tashkiloti grant mablag‘lari doirasida yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 39 nafar bola ToshPMI klinikasida jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 94 nafar bemor bola operatsiya qilindi. Shuningdek, yuqori lab va tanglayning nuqsoni, oyoq hamda bo‘yinning ortopedik nuqsoni va kuyishdan keyingi nuqsonlari bo‘lgan 33 nafar bola Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtirildi.

Jumabek NUROV,

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi bo‘lim boshlig‘i

Yana o‘qing:  Kartoshkaning shifobaxsh xususiyatlaridan xabardormisiz?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: