Qachon va qanday uxlash lozim?

Eng yaxshi uyqu chuqur uyqu va ovqat qorinning yuqori qismidan tushganidan ke­yingi qorin quldurashi to‘xtaganidan ke­yingi uyqudir.
Undan ilgari uxlash ko‘p jihatdan zararlidir, chunki unda uyqu yaxshi va tutash bo‘lmaydi va kishi u yoqdan bu yoqqa ag‘darilaveradi. Bunday uyqu zarari bilan birga kishini qiynaydi. Shuning uchun ovqat qorinning yuqori qismidan tushishi sust bo‘lganda biroz yurib, keyin uxlamoq lozim.

Kunduzgi uyqu ham yomondir; u asablarni bo‘shashtiradi, kishini lanj qiladi, ishtahani pasaytiradi, shish va turli isitmalarga sabab bo‘ladi.

Tungi uyquning fazilatlari uning to‘liq, davomli va chuqur bo‘lishidadir. Lekin kunduzi uxlashni odat qilgan kishi uni birdaniga tark qilmasligi kerak.

Uyqudagi holatlardan eng yaxshisi o‘ng tomonni bosib, keyin chap tomonga aylanib yotishdir. Qorinni bosib yotish hazmga yaxshi yordam beradi. Chunki bunday yotish tug‘ma issiqlikni to‘plab va gavda ichiga qamab ko‘paytiradi.

«Tib qonunlari» kitobidan

Yana o‘qing:  Qoshni qanday o‘stirish mumkin?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: