«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filiali xodimlari Andijon tumanidagi «O‘rikzor» MFYda 105 nafar kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz otaxon va onaxonlarni, ayollar hamda bolalarni manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-dormonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali xodimlari Nukus shahridagi 2-oilaviy poliklinika patronaj va shifokorlari bilan birgalikda 30-MFYda 56 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, yakka-yolg‘iz hamda nogironi bor oilalar holidan xabar olishdi. Ularga kerakli dori-darmonlar yetkazib berildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari Sharof Rashidov tumani «Nurafshon» MFYda 80 nafar kam ta’minlangan, nogiron, yakka-yolg‘izlarga dori-darmonlar tarqatdi. 21 nafar kishi UTT tekshiruvidan o‘tkazildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali xodimlari tomonidan Xatirchi tumani «Oqoltin» MFYda istiqomat qiluvchi nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj 78 nafar aholiga dori-darmon vositalaridan iborat insonparvarlik yordamlari yetkazib berildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali xodimlari O‘rta Chirchiq tumani «Yerik» MFYda yashovchi 96 ta kam ta’minlangan, nogironi bor oilalarga dori-darmonlar tarqatib, UTT tekshiruvidan o‘tkazishdi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati hududiy filiali vrach mutaxassislari Quva tumani «Qo‘chqorchi» va «Namuna» MFYlarida bo‘lib, hududda yashovchi kam taminlangan, ehtiyojmand va nogironi bor oilalarga dori-darmonlar tarqatishdi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi mutaxassislari Toshkent shahar Uchtepa tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasida 61 nafar kishiga xayriya dorilari yetkazib berishdi.