Bolakay maktabga chiqdi

Uning ta’lim jarayoniga moslashishida nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Bolaning ta’lim jarayoniga qanchalik tez va to‘liq moslashishi ota-­ona, o‘qituvchi va psixologlar diqqat markazida bo‘lishi lozim. Bu jarayonda turli usullar mavjud bo‘lib, ular muvaffaqiyatga erishishda qo‘l keladi.

Maktab bolaga jismoniy va intellektual kuchni safarbar qilishni talab qiladigan juda ko‘p yangi vazifalarni qo‘yadi. Birinchi sinf o‘quvchisi o‘z hayotida paydo bo‘lgan yangi sharoitlarga moslashishi kerak. Bu o‘quvning birinchi yilidagi eng og‘ir davr. Har bir bola uchun moslashish davri individual ravishda sodir bo‘ladi. Uning muddati uch haftadan olti oygacha o‘zgarishi mumkin. Ayniqsa, birinchi sinf o‘quvchisini maktab hayotiga moslashtirish paytida aniqlangan kamchiliklarni tuzatish muhimdir.

Avvalo bir jihatga e’tibor qaratish, ya’ni o‘qituvchilar va ota-onalarga bolalarni maktabga moslashtirish jarayonida yordam berish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi kerak. Bu jarayon bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
– birinchi oy mashg‘ulot va tanaffuslarda bolaning xatti-harakatlaridagi xususiyatlarni aniqlash;
– aqliy rivojlanish darajasi, ya’ni yosh normasidan ortda qolgan bolalarni aniqlash;
– o‘quvchining hissiy holati barqarorligi, salbiy yoki ijobiy his-tuyg‘ulari mavjudligi va qo‘rquvga olib keladigan omillarni tahlil qilish.
Eng keng tarqalgan diagnostika usuli – bu kuzatuv. Ko‘pincha, tanlab kuzatish qo‘llaniladi. Bu quyi­dagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
– bolalar faoliyatini tahlil qilish;
– daftarlarni ko‘rish;
– og‘zaki javoblarni tinglash;
– mavjud shaxslararo munosabatlarni tahlil qilish.

Baholashni o‘tkazish uchun turli bolalarning diagnostik ma’lumotlarini solishtirish noto‘g‘ri. Shuni yodda tutish kerakki, bolaning rivoj­lanish dinamikasi uning individual ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi.
Olingan ma’lumotlarni ta’lim mahoratining individual xususiyatlari, bolaning tabiatiga muvofiq tuzatish kerak. Ushbu haqiqatni hisobga olgan holda, ota-onalarning fikri va o‘qituvchining ekspert bahosi asosida bolaning maktabga qay darajada moslashgani ayon bo‘ladi.

Matluba NOSIROVA,
Kamola AZIMBOYEVA,
Mirobod tumanidagi 125-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTONDA ISHLAB ChIQARILGAN 150 MING DOLLARLIK DORILAR XORIJGA SOTILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: