Ardog‘imsan, iftixorim – O‘zbekistonim!
Buxoro viloyat musiqali drama teatrida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyati kengashi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan “Ardog‘imsan, iftixorim – O‘zbekistonim” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlarimizning boy merosi, istiqlol yillarida xalqimiz erishayotgan yuksak muvaffaqqiyatlardan faxrlanish tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirga umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari jalb etildi.
Tadbir doirasida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkazildi.