XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-47)

  • Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma markazida ixtisoslashtirilgan “SportWorld Uzbekistan – 2013” sport uskunalari, anjomlari va kiyimlari xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi.
  • Qarshi shahrida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali, viloyat endokrinologiya dispanseri hamkorligida “Diabetsiz sog‘lom hayot” mavzusida seminar o‘tkazildi.
  • Italiyada erkaklar o‘rtasida davom etayotgan “Chellenjer” turkumidagi xalqaro turnirda dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan kelgan tennischilar qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Farrux Do‘stov ham bosh sovrin uchun kurashmoqda.
  • Poytaxtimizdagi 23-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida sinxron suzish bo‘yicha Toshkent shahar ochiq birinchiligi boshlandi.
  • Toshkentda “Tadbirkor ayol – 2013” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning quyi bosqichida saralangan 11 nafar ayol o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: