Shivit homiladorlikda foydalimi?
Ko‘pchilik turli ko‘katlarni va ziravorlarni sevib iste’mol qilishadi. Ular har qanday taomga o‘zgacha maza beradi.
Shivit, ayniqsa, homiladorlik vaqtida judayam foydali sanaladi. Chunki, bu o‘simlik tarkibida temir, kalsiy, karotin mavjud. Agar shivitni muntazam va yetarli miqdorda yeb tursangiz, qon bosimi ko‘tarilishini mutlaqo unutasiz. Bundan tashqari, u kletchatkaga boy bo‘lgani bois ichaklarni tozalaydi. Shuning uchun ham go‘shtli taomlarga shivit qo‘shiladi. U hazm qilishga yordam beradi va hazm bo‘lmagan taomlar qoldig‘ini tanadan chiqarib tashlaydi.