Kulgu – shifo
Ruhshunos huzuriga kelgan bemorga diqqat bilan tikilib turgach dedi:
– Tushunarli, kasalingiz o‘ta jiddiy. Sizni qandaydir kuch o‘g‘rilikka undayveradi.
Juda to‘g‘ri topdingiz, – umid bilan tikildi unga bemor. – Iltimos, bu darddan qutulishimga yordam bering!
– Hozir sizga dori yozib beraman, derkan, do‘xtir bemorga tikildi. – Faqat, iltimos, oldin stol ustida turgan ruchkamni joyiga qo‘ysangiz …
* * *
– Durust. Qo‘lingizning suyaklari yaxshi bitibdi. Ertaga gipsini olib tashlaymiz.
– Doktor, rostini ayting, keyin men skripka chala olamanmi?
– Ha, albatta. Bemalol chalaverasiz.
Qandoq yaxshi-ya! Qo‘lim sinmasdan oldin skripka chalishni umuman bilmasdim.
* * *
Tomir urishingiz yaxshi, – dedi shifokor bemorga:
– Do‘xtir, o‘ng qo‘limni tekshirib ko‘ring. Siz hozir chap qo‘limning o‘rnida bo‘lgan protezni tekshirdingiz.