Umurtqalararo disk churrasi bunda aniq tashxis va samarali davo lozim bo‘ladi(mi?)
Bugungi kunda umurtqalararo disk churrasi ko‘p uchraydigan kasalliklar sirasiga kiradi. Bemor o‘zida ushbu xastalik rivojlanayotganini mustaqil bila olmaydi. Shifokor ko‘rigi vaqtida o‘tkaziladigan kompyuter va magnit rezonans tomografiya tekshiruvi xulosasi orqaligina bu borada aniq tashxis qo‘yilishi mumkin.
Churraning kimda, qachon va qanday paydo bo‘lishi mumkinligini oldindan aytish qiyin. Negaki, bu kasallikning muayyan kasb egalari yoki ma’lum bir hududda yashaydiganlarga emas, balki barchaga birdek xavf solishi ehtimoli mavjud. Hatto bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklarda ham churralarning tug‘ma shakli kuzatiladi.
Keltirib chiqaruvchi omillar
- Qorin ichki bosimining oshishi;
- og‘ir jismoniy mehnat;
- tana vazniga nisbatan muntazam og‘ir yuk ko‘tarish;
- peshob ajralishining qiyinlashuvi;
- qabziyat;
- uzoq vaqt bezovta qilgan yo‘tal;
- umurtqa ostreoxondrozi;
- shikastlanish;
- kamharakatlilik;
- ortiqcha vazn;
- naslda bu xastalikning borligi.
- ayollarda tug‘ruq vaqtidagi zo‘riqishlar churra hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi. Bundan tashqari, mazkur omillarning barchasi churra bo‘lganda uning qisilishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.
- «Belimda og‘riq bor…»
- Umurtqalararo disk churrasida mushak va paylar tortilib, og‘riq paydo bo‘ladi. Kislorod va ozuqalar yetishmasligi bois qo‘l-oyoqlar muzlaydi, uyushadi, kishi holsizlanadi. Harakatlanganda va yurganda bezovtalik kuzatiladi. Kasallik o‘tkazib yuborilsa, nogironlik darajasigacha olib kelishi ham mumkin.
Ko‘pchilik tana qismlarida, misol uchun beldagi og‘riqqa u qadar jiddiy e’tibor bermaydi. «Tuz yig‘ilishi», «nerv tolalarining shamollashi» kabi taxminlar, odatda, xastalikning o‘tkazib yuborilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, og‘riq qoldiruvchi surtmalardan foydalanish ham keyinchalik ayrim asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. - Kasallik xuruj qilsa…
Churra xurujida ko‘ngil aynishi, qayt qilish, churra joylashgan soha atrofi qo‘l bilan paypaslanganida qorinda to‘lg‘oqsimon og‘riq kuzatiladi. Churra kattalashib, tarang bo‘lib qoladi. Bu holatlarda og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qilish taqiqlanadi.
Churra tashxisi qo‘yilgach, o‘zbilarmonlik bilan davolash aslo mumkin emas! Eng to‘g‘ri tanlov – shifokor ko‘rigidan o‘tish hamda buyurilgan davo muolajalarini bajarish. Kimlardir umurtqa pog‘onasini bosish, uqalash va shunga o‘xshash amaliyotlar bilan davolashni taklif etadi. Bu kabi choralar shikastlangan umurtqani yanada qiynab qo‘yishi, kasallik zo‘rayishiga olib kelishi mumkin. - Qanday davolanadi?
Churra inson tanasidagi o‘simta hisoblangani, shuningdek, vaqtida davolanmasa, salbiy oqibatlarga olib kelgani uchun uni rejali jarrohlik yo‘li bilan davolash ma’qul ko‘riladi. Bunda bemor to‘liq tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Organizmidagi barcha tizimlar faoliyati o‘rganilib, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra operatsiya qilinadi. Masalan, yurak yetishmovchiligi bor bemorlarning avval kardiolog tavsiyasiga asosan davolanishi maslahat beriladi. Chunki anesteziya yurak faoliyatiga ta’sir qiladi. Churra xurujida esa bu bemorning hayoti xavf ostida qolishi mumkin.
Umurtqa churrasini dori-darmonlarsiz ham davolasa bo‘ladi. Jumladan, hozir suv muolajalari yordamida davolash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Churraning paydo bo‘lgan muddati juda katta ahamiyat kasb etadi. Uch oygacha bo‘lgani yengil, uch oydan olti oygacha bo‘lgan churra esa surunkali sanaladi. Bundan tashqari, hajmiga ham e’tibor qaratiladi. Agar u 9 millimetrdan kichik bo‘lsa, jarrohlik aralashuvisiz davolash mumkin.
Mumkin emas!
– Vibromassaj – chunki uning kuchi juda yuqori.
– Churra bor joyni qattiq ishqalamaslik lozim. Asab tolalarini siqib qo‘yish xavfi bor.
– Vertikal holatda turib, turli mashqlar bajarish tavsiya etilmaydi. Mushaklarni zo‘riqtirish mumkin.
– Bemorning o‘z bilganicha uqalash usullarini qo‘llashi ham mumkinmas.
– Har doim og‘riq qoldiruvchi maz surtib ishqalash to‘g‘ri bo‘lmaydi!
Hakim JONIBEKOV,
shifokor