Stressga ishlab chiqarish jarayonida nimalar sabab bo‘lishini bilasizmi?
— xodimning muayyan ish vaqtida topshiriqni ish sharoitidan kelib chiqib belgilanadigan ish tezligida bajarishi ko‘p hollarda rahbariyat tomonidan ijobiy baholanmasligi;
— xodimning jismoniy va intellektual imkoniyatlari har doim xam uning lavozimiga qo‘yiladigan talab darajasida bo‘lmaydi. Bunday hollar esa kasbiy siqilish holatlari kelib chiqishiga olib keladi;
— stress holatiga ish bajaruvchi yoki yuqori rahbarlardan ko‘ra o‘rta bo‘g‘in rahbarlari ko‘proq uchrashi ta’kidlangan. Bunga sabab, vertikal bo‘ysinish tizimi ostida ishlash, ya’ni yuqori rahbariyat topshiriqlari va qo‘l ostidagi ishlovchilar tomonidan ushbu topshiriqlarni bajarish imkoniyatlari mutanosibligini topish mushkulligidir;
— mansab bo‘yicha ko‘tarilish va bu jarayonni tezlatish imkoniyati. Inson hamisha yuqoriga intilishga o‘rgangan. Yuqori lavozimni egallash – moliyaviy ta’minotning yaxshilanishi va keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdir. Ba’zi xodimlar uchun esa – o‘zlari uchun «men» deyish imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyatlarning yo‘qligi jiddiy stress faktori hisoblanadi;
— rahbariyat va kasbdoshlar bilan o‘zaro munosabatlar. Har qanday ishlab chiqarish jarayonlari, juda kam hollarda silliq va o‘zaro manfaatli bo‘ladigan mehnat munosabatlarini nazarda tutadi. Ushbu omil ko‘p hollarda stress keltirib chiqaruvchi asosiy sabab hisoblanadi;
— mehnatga haq to‘lash miqdori oshirilmasdan ish yuklamalarining oshirilishi, ko‘p hollarda stress holati o‘z imkoniyatlarini namoyish eta olmasligi, kasbiy jarayonlarni tushunmasligi, mehnat majburiyatlarini bajarish yechimlarining yo‘qligi, rahbar topshiriqlarining aql bovar qilmasligidan kelib chiqadi.
Nodira KARIMOVA