Bunda bir hikmat bor

(Berdimurodning aytganlari)

Qadim zamonda bir podshohning donishmand va taqvodor vaziri bo‘lgan ekan. U har qanday voqea-hodisaga munosabat bildirib, albatta: «Bunda bir hikmat bor», degan gapni takrorlab qo‘yarkan.

Alhol, bir kuni bexosdan podshoh qo‘lini kesib olibdi va buni ko‘rgan vazir odatiga ko‘ra o‘z gapini takrorlabdi. Podshohning joni og‘rib, achchig‘i chiqib turgan emasmi, vazirning gapidan  g‘azablanib, tepa sochi tikka bo‘libdi va o‘sha zahoti uni zindonga tashlashni buyuribdi. O‘zi esa, qat’iy rejasiga ko‘ra shikorga chiqib ketibdi.

Ov nihoyatda qizigan paytda bir ohuning ketidan tushgan podshoh yonidagi ayonlaridan ayrilib, qaroqchilar qarorgohiga borib qolganini  sezmabdi.

Buni qarangki, qaroqchiboshi aynan shu kuni biron joyi lat yemagan, soppa-sog‘ bir kimsani «qurbonlik» uchun ushlab kelishni mulozimlariga tayinlagan ekan. Ov bilan andarmon haligi podshoh kutilmaganda hibsga olinib, qaroqchiboshi qoshiga keltirilibdi. Qarasa, «o‘lja»si yaralangan. O‘z talabini, ya’ni biror joyi lat yemagan odamni keltirmagan mulozimlariga tanbeh berib, shu zahoti «o‘lja»ni ozod qilibdi.

Podshoh mo‘jiza oldida lol bo‘lib, omon qolganiga shukronalar aytib, saroyga qaytibdi va darhol zindondagi vazirni huzuriga chorlabdi. Keyin qo‘liga ishoratan aytibdiki: «Yaralangan bu qo‘l hikmatiga guvoh bo‘ldim. Ammo sening zindonda yotishingda qanday hikmati bor?»

Oqil vazir vazmin bir qiyofada: «Agar zindonband qilinmaganimda, siz bilan birga ovga borib qaroqchilarga asir  tushar edim. Tabiiyki, mendek sog‘lom bir odamni ular qatl qilar edi», deya javob beribdi.

Bundagi hikmatni teran anglagan podshoh oqil vazirdan juda mamnun bo‘libdi. Allohga shukrona aytib, unga bosh-oyoq sarpo in’om qilibdi.

B.NURMUHAMMAD

Yana o‘qing:  Sovg‘a (hikoya)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: