Tabiat – bolalar tasavvurida

Chilonzor tumanidagi 163-maktab o‘quvchilari tomonidan o‘tkazilgan “Oltin kuz” tadbirida kuzning bor chiroyi mahorat bilan aks ettirildi. Tadbir “Hosil bayrami”ning bir bo‘lagi sifatida keng quloch yoydi. Sabzi, karam, baqlajon, sholg‘om obrazlarida chiqqan o‘quvchilarga hammaning havasi keldi.

– Bu kabi tadbirlar bolalarda tabiatga mehr-muhabbat, yurtiga, insonlarga bo‘lgan qadr-qimmat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi, – deydi 163-maktab direktori Umida Mannapbekova. – Jajji bolajonlarning she’rlarni ifodali o‘qishi, qo‘shiq va raqslarni maromiga yetkazib ijro etishi, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlaridagi ijrolari iste’dodlar o‘z bag‘rimizda ekanligini namoyon etdi. Bu, avvalombor, tadbir rahbari, birinchi toifali o‘qituvchi Orzu Osmanovaning mehnati samarasi, qolaversa, bolalardagi ishonch va intilishning uchqunlaridir.

Maktabda har bir tadbir o‘ziga xos tarzda, yuksak mahorat bilan tashkil etiladi. Bu bolalarni bir tomondan o‘qishga, izlanishga chorlasa, ikkinchi tomondan ularda sahna madaniyatini rivojlantiradi.

Dilfuza KAMOLJONOVA

Yana o‘qing:  Ona

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: