O‘ZBEKISTONDA ShAXMAT FESTIVALI

Shaxmat tarixidan ma’lumki, bu o‘yin Hindistonda bir yarim ming yil avval paydo bo‘lgan va insoniyat tamaddunining ajralmas qismi sifatida dunyo bo‘ylab keng tarqalgan.
Mamlakatimizdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, arxeolog Yuriy Buryakov shaxmat tarixida yangilik yaratdi.
Arxeolog 1990 yil Samarqand yaqinidagi shaharning qadimiy qismi Afrosiyobda olib borilgan qazishma davomida fil suyagidan yasalgan 7 dona shaxmat haykalini topgan. Bu shu davrgacha dunyo miqyosida eng to‘liq to‘plamdagi topilmadir.
1996 yilda yaponiyalik arxeologlar mamlakatimiz janubidagi qadimiy Dalvarzintepa hududida Kushon imperiyasi davriga oid ikkita noyob shaxmat haykalchasini topgan. Bu miloddan avvalgi II asrda qadimiy O‘zbekistonda shaxmat o‘yini bo‘lganini anglatadi.
Joriy yilning 20 — 29 sentyabrr kunlari poytaxtimizda 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “MARKAZIY OSIYo ShAXMAT FESTIVALI” katta taassurotlarga boy bo‘ldi. Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida tashkil qilinib, O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi.
Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va O‘zbekistondan umumiy 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishdi.
“MARKAZIY OSIYo ShAXMAT FESTIVALI” doirasida 3 turnir bo‘lib o‘tdi.
Asosiy musobaqa 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati bo‘ldi.
Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) bo‘yicha uch guruhda va maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tgani xolda FIDE arbitlari uchun ham xalqaro seminar tashkil etildi.
Federatsiyalarni rivojlantirish dasturi bo‘yicha, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federatsiyalariga o‘z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etildi.
Mukofot jamg‘armasi 12.000 yevro bo‘lgan festivalda, standart yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan o‘g‘il bolalarga 3000 yevro, qiz bolalarga esa 1500 yevro pul mukofoti topshirildi.
Jumladan,
Qizlar o‘rtasidagi g‘oliblar:
1. Yakubbayeva Nilufar (O‘zbekiston) 1500 yevro
2. Balabayeva Xeniya (Qozog‘iston) 700 yevro
3. Saparova Sitora (O‘zbekiston) 500 yevro
4. Salimova Asal (O‘zbekiston) 400 yevro
5. Abdusattorova Bahora (O‘zbekiston) 200 yevro
6. Omonova Umida (O‘zbekiston) 100 yevro
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi g‘oliblar:
1. Abdusattorov Nodirbek (O‘zbekiston) 3000 yevro
2. Yakubbayev Nodirbek (O‘zbekiston) 2000 yevro
3. Saydaliyev Saidakbar (O‘zbekiston) 800 yevro
4. Vohidov Shamsiddin (O‘zbekiston) 700 yevro
5. Sindarov Javoxir (O‘zbekiston) 600 yevro
6. Atabayev Saparmurod (Turkmaniston) 500 yevro
7. Agmanov Jandos (Qozoqiston) 400 yevro
8. Nurmamedov Azat (Turkmaniston) 300 yevro
9. Kasimov Ali (O‘zbekiston) 200 yevro
10. Isomov Umar (O‘zbekiston) 100 yevro pul mukofoti hamda sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
FIDE, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi bilan RosAtom hamkorligida mamlakatimizda ilk marotaba o‘tgazilgan ushbu turnir kelajakda shaxmat maktabi borasida hamda jahon miqyosida salahiyatli shaxmatchilarni yetishib chiqishida zalvorli qadamlar bo‘lishini ta’minlashi shubhasizdir.

Yana o‘qing:  Nogiron haydovchilar uchun maxsus to‘xtash joylari tashkil etiladi

Maryam Ahmedova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: