KO‘PTARMOQLI FORUM: QISHLOQ XO‘JALIGI VA EKOLOGIYa MUAMMOLARINI OROL DENGIZI HAVZASIGA INVESTITSIYa VA INNOVATSIYa UCHUN IMKONIYATLARGA AYLANTIRISH
«Site Palas» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Ko‘ptarmoqli Forum ana mavxularni o‘z ichiga qamrab oldi.
Xalqaro miqyosda o‘tgan tadbirda xorijiy hamkorlar va mutaxassislar, OAV xodimlari, vazirlik vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekistonda innovatsion rivojlanish vaziri, professor Ibrohim Abdirahmonov bilan ochib, Orol dengizining qurib qolgani jiddiy ekologik muammolardan biri eeanini ta’kidladi. Bu qurg‘oqchilik va tuproqning sho‘rlanishi olib keldi. Millionlab odamlarning hayotiga ta’sir etuvchi salbiy oqibatlar- tuz va qum bo‘ronlari, biologik unumdorlik
hamda biologik xilma- xilliyening va ekotizimning buzilishi, suv tanqisligi va aholi salomatligini pasayishi kabi muammolar haqida ma’lumot berdi.
Forumning asosiy ma’ruzachilari Professor Krestina Toderich, Murat G‘aniyev, Akmal Karimov, Iskandar Abdullayev, Mariya Konyushkova, Xisashi Zuzimato va boshqa xorij mutaxassilari bo‘ldi.
Ikki kun mobaynida Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Birlashgan Arab amirligi, Afrika, Toshkentnig yuqori martabali siyosatchilari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislardan iborat 100 nafarga yaqin vakillar Sity Palace Hotel mehmonxonasida orolbo‘yi hududini ilmiy va innovatsion rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ildilar.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev, ICBA bosh direktori, professor Ismaxane Eluafi, Oliy majlis qonunchilik palatasi raisining o‘rinbosari Boriy Alixanov va Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi GIF agentligi rahbari Vadim Sokolovning ma’ruzalari tinglandi.
Forumning birinchi kunida tomonlar o‘rtasida memorandum imzolanib, 8 ta mamlakatning ekspertlari ishtirokida keyingi harakatlar haqida panel muhohamasi yakunlandi.
Maryam AXMEDOVA,
Amal SOLIYEVA