«Dance Muzik Fest – 2019»: ushbu festivalning ahamiyati nimada?

Mamlakatimizda ko‘ngilochar tadbirlarni rivojlantirish, ayniqsa O‘zbekistonni zamonaviy musiqa markazlaridan biri sifatida e’tirof etish, uning salohiyatini oshirish va yurtimizda tashrif buyurayotgan ko‘psonli xorijiy sayyohlar orasida yoshlarning zamonaviy musiqiy jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 16-17-18 avgust kunlari «ASHXOBOD» madaniyat va istirohat bog‘ida «Dance Muzik Fest-2019» festivali o‘tkazilmoqda.
Festival tashkilotchilari «Art Promotion Agency» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy Assotsiatsiyasi hamda bir qancha homiy tashkilotlar ko‘magida amalga oshiriladi.
Asosan 16 yoshdan yuqori bo‘lgan yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan o‘ziga xos ushbu elektron musiqa festivali mamlakatimizda 2017 buyon muvaffaqiyatli o‘tkazilib kelinmoqda. E’tiborli tomoni shundayei, o‘tgan ikki yil ichida ushbu tadbir yanada ommalashdi va unga 15 000 nafardan ziyod yoshlar ishtirok qildilar.
Ahamiyatli tomoni, ushbu festival mamlakatimizda istiqomat qilayotgan yoshlar orasidan zamonaviy san’at sohasida iste’dodlarni tanlab olish, ularni saralash va homiylik qilishni ko‘zda tutgan va bu borada sezilarli darajadagi yutuqlarni ham qo‘lga kiritgan.
Buning natijasi o‘laroq, mamlakatimizda pop va rep yo‘nalishida e’lon qilingan tanlovlar va kastingda ishtirok etgan 150 nafar yoshlar ichidan 25 nafar iqtidorli yoshlarning tanlab olingani buning yaqqol misolidir.
Xalqaro prodyuser Muzaffar Sidikov rahbarligida «Art Promotion Muzik Fest» kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan «Dance Muzik Fest ~ 2019″da dunyoning bir necha davlatlaridan rep va pop yo‘nalishining taniqli va mashhur yulduzlaridan tashqari, O‘zbekistondan kastin yo‘li bilan tanlab olingan iqtidorli yoshlar ham o‘z san’atlarini namoyish etadilar.
Festivalni o‘tkazishdan maqsad, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar va mehmonlarni ko‘ngilochar tadbirlarga jalb etish va yoshlarni g‘arb san’atiga bo‘lgan salohiyatlarini ko‘rsatish, ularning sayohatlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar turizmini va elektron musiqa yo‘nalishini rivojlantirish, xorijdagi mashhur yulduzlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda mamlakat iqtisodiyoti va ravnaqi yo‘lida xizmat qilishdan iborat.
Ayni paytda, ushbu vazifani uddalab kelayotgan » Art Promotion Agency»kompaniyasi allaqachon xalqaro statusni qo‘lga kiritgan holda xalqaro lektron chiptalar sotuvini ham yo‘lga qo‘ydi.
Keyingi yilda ushbu festival qo‘shni davlat — Qozog‘istonda o‘tkazilishi tejalashtirilmoqda.
Muhimi, yaqin kunlarda mamlakatimizga Xalqaro miqyosda yuqori o‘rinlarni egallagan Fransiyalik DJ DJENS BENS, Rossiyalik DJ va prodyuser Roman Krilov, Rompasso nomi ostida sahnalashtirilgan tryuk, fransuz- mavritaniyaliklarning musiqachisi, DJ, Rossiyalik prodyuser va Fransiyalik bastakor VILLI UILYAM, Gollandiyalik DJ, MR. WHITE,Rosiyalik prodyuser va DJ.SHAPOV, Belgiyaning » Double Pleasure» mashhur dueti, Gollandiyaning DJ va musiqiy prodyuseri QUINTINO va Belorussiyalik SYGOlar tashrif buyuradilar.

Yana o‘qing:  Shifo maskanlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: