GIYOHVANDLIK — DAVR VABOSI
ShU 26 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi tomonidan xalqaro narkotik moddalarga qarshi kurash va ularning dunyo bozorlarida noqonuniy aylanishi mavzusida presskonferensiya bo‘lib o‘tdi.
2019 yilgi Jaxon giyohvand moddalar bo‘yicha hisoboti: 4.5 million kishi ilgari taxmin qilingandan ko‘ra giyohvandlik natijasidagi kasalliklarga qarshi da’volanishga muxtoj
Takomillashgan tadqiqotlar va aniqroq ma’lumotlarga ko‘ra giyohvandlikning inson sog‘lig‘iga salbiy oqibatlari tahmin qilinganidan ko‘ra og‘irroq va keng tarqalgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (BMT NJQQB) tomonidan nashr qilingan 2019 yilgi Jaxon giyohvand moddalar bo‘yicha hisobotiga ko‘ra butun dunyo buylab tahminan 35 million kishi, oldingi 30.5 million kishidan farqli o‘laroq giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekmoqda va da’volanishga muhtoj.
2017 yilgi yuqori ko‘rsatkichlar, jumladan, davolanishga muhtoj deb hisoblangan 4.5 million kishi, dunyoning eng aholisi ko‘p mamlakatlar safida bo‘lgan Hindiston va Nigeriyada o‘tkazilgan yangi tadqiqotlardan olingan giyohvand moddalarni iste’mol qilish darajasi xaqidagi yaxshilangan bilimlar natijasidir.
So‘zga chiqqan UNP OON irochi diyektori Yuriya Fedatova, regionlar bo‘yicha ijroch Ashita Mittal, Bati’r Geldev, Azizbek Erkaboyev, koordinato Jon Mak Grigorlar o‘z hisobotini berdilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, opioidlarni suiste’mol qiluvchilar soni 53.4 millionga teng deya tahmin qilingan bo‘lib, bu oldingi hisoblardan 56 foizga yuqoridir. 2017 yilda giyohvand moddalarni suiste’mol qilish natijasida vafot etgan 585,000 kishining uchdan ikki qismi opioidlardan foydalanish natijasida vafot etgan. Global miqyosda 2017 da 11 million kishi giyohvand moddalarni in’yeksiya tarzida qo‘llagan va ulardan 1.4 millioni OIV va 5.6 millioni gepatit S bilan yashaydi.
«Bu yilgi Jahon giyohvand moddalar bo‘yicha hisoboti natijalari giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarning global ko‘rinishini to‘ldiradi va yanada murakkablashtiradi, Vu esa talab va taklifga javoban muvozanatli va integratsiyalashgan sog‘liqni saqlash va jinoiy adliyaga oid javoblarini ilgari surish uchun xalqaro hamkorlik zarurligini ko‘rsatadi», dedi BMT NJQQBning Ijrochi direktori Yuriy Fedotov.
Giyohvand moddalar bo‘yicha vaziyatning jiddiyligi va murakkabligi oshib bormoqda
Hisoblarga ko‘ra 2017 yilda 271 million kishi yoki 15 dan 64 yoshgacha bo‘lgan dunyo aholisining 5,5 foizi avvalgi yilda giyohvand moddalarni qo‘llagan. Bu 2016 yilgi hisoblarga o‘xshash bo‘lsa-da, uzoq muddatli istiqbolga ko‘ra giyohvand moddalarni iste’mol qilgan odamlar soni 2009 yilga nisbatan 30 foizga yuqori. Ushbu o‘sish qisman 15 dan 64 yoshgacha bo‘lgan dunyo aholisi sonining 10 foiz o‘sishi tufayli bo‘lsa-da, xozirgi vaqtda ma’lumotlar opioidlardan foydalanish 2009 yilga nisbatan Afrika, Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada keng tarqalganligini va nashadan foydalanish Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Osiyoda keng tarqalganligini ko‘rsatadi. 2017 yilda dunyoda kokain noqonuniy ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga o‘sib 1,976 tonnaga teng rekord darajaga yetdi deb tahmin qilinadi. Shu bilan birga, 2017 yilda musodara qilingan kokainning global miqdori 13 foizga o‘sib 1,275 tonnaga yetdi, bu esa ruyhatga olingan eng katta miqdordir.
Shimoliy Amerikada sintetik opioidlarning dozasini oshirish inqirozi 2017 yilda yangi yuksaklikka yetdi, Du davrda AQSHda opioidlaring dozasini oshirib yuborish natijasida 47,000 dan ortiq o‘lim qayd etildi va bu bu o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga ko‘proq edi, hamda Kanadada opioid bilan bog‘liq 4,000 o‘lim holatlari qayd etildi, va bu 2016 yilga nisbatan 33 foiz o‘sish edi.
Fentanil va uning analoglari Shimoliy Amerikadagi sintetik opioidlar inqirozining asosiy muammosi bo‘lib qolmoqda, ammo Yevropa mamlakatlari hamda Markaziy va Shimoliy Afrikada boshqa sintetik opioid — tramadolning inqirozi kuzatilmoqda. Tramadolning global musodara qilinishi miqdori 2010 yildagi 10 kilogrammdan 2013-yilda deyarli 9 tonnagacha ko‘tarildi va 2017 yilda 125 tonnaga teng rekord darajasiga yetdi.
Dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan giyohvand m
Maryam Opa UMS, [28.06.19 16:09]
odda hali ham nasha bo‘lib qolmoqda va 2016 yilda 188 million kishi ushbu narkotikni qo‘llagan.
Hisobotda aytilishicha, xalqaro hamjamiyatning ma’lum bir muvaffaqiyatga erishgan sohalaridan biri yangi psixoaktiv moddalarga (YAPM) qarshi kurashdir. Birinchi marta aniqlangan va BMT NJQQB ga ma’lum qilingan YAPMning soni kamayishi bundan dalolat beradi. YAPM bozorni bir necha yil oldin tahmin qilingan darajada egallamadi va xalqaro hamjamiyat YAPM oqibatida ko‘rilgan zararni baholashga o‘z vaqtida javob berdi va xalqaro nazoratni talab etadigan YAPMni belgiladi.
Oldini olish va davolar bo‘yicha harakatlar orqada qolmoqda
Dunyoning ko‘p qismida, ayniqsa qamoqxonalarda giyohvandlikni oldini olish va davolash bo‘yicha tadbirlar etarli emas. Bu yilgi hisobotda giyohvand moddalarni iste’mol qilish va uning penitensiar muassasalarda inson salomatligiga salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Bu tahlil OIV, gepatit C va faol sil kasalligi kabi yuqumli kasalliklarning tarqalishi va qamoqxona aholisi orasida, xususan, qamoqxonalarda giyohvand moddalarni in’yeksion tirzda iste’mol qiladiganlar orasida nomutanosib ravishda yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Ellik olti mamlakat, 2017 yilda kamida bitta qamoqxonada opioidlarni almashtirish davolashini o‘tkazilganini habar qildi. Va 46ta mamlakat qamoqxonalarda bunday davolash mavjud emasligini xabar qildi. Igna va shpritslar bilan ta’minlash dasturlari qamoqxonalarda ancha kam: 11ta mamlakat bunday dastur kamida bitta qamoqxonada mavjudligini xabar qildi, lekin 83 mamlakatda bunday dasturlar yo‘qligi tasdiqlandi.
Hisobotda aytilishicha, ilmiy dalillarga asoslangan va xalqaro inson huquqlari majburiyatlariga muvofiq samarali davolash tadbirlari zarur bo‘lgan darajada mavjud emas, va milliy hukumatlar va xalqaro hamjamiyat bu bo‘shliqni bartaraf etish uchun aralashuvlarni kuchaytirishi kerak.
2019 yilgi Jahon giyohvand moddalar bo‘yicha hisoboti opiatlar, kokain, nasha, amfetamin tipidagi stimulyatorlar va yangi psixoaktiv moddalarning (YAPM) talabi va taklifi va ularning inson sog‘lig‘iga ta’siri bo‘yicha global sharhini taqdim etadi. Hisobot takomillashgan tadqiqot va yanada aniq ma’lumotlar orqali, giyohvand moddalarni suiste’mol qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy oqibatlari ilgari tahmin qilingandan ko‘ra kengroq tarqalgan deb ta’kidlaydi.
Presskonferensiya jurnalist, bloger va mutaxassislar o‘rtasida olib borilgan savol-javoblar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
Maryam Ahmedova,
Amal Soliyeva