Amir Temur va temuriylar davlatida xalq diplomatiyasining ahamiyati

9-aprel buyuk davlat arbobi, o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 683 yil to‘ldi.


Shu munosabat bilan Amir Temur muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi rahbar va xodimlari, Respublika va Toshkent shahar Milliy madaniy markazlar raislari va faollari, do‘stlik jamiyatlari vakillari ishtirok etib Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘ydilar.
Shundan so‘ng, Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Amir Temur va temuriylar davlatida xalq diplomatiyasining ahamiyati”mavzuida davra suhbati bo‘ldi.
Tadbirda olimlar va adabiyotshunoslar, Respublika va Toshkent shahar Milliy madaniy markazlarining rahbarlari va faollari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi vakollatxonalari rahbarlari, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan tarshrif buyurgan mehmonlar ishtirok etgan yig‘inni qo‘mita raisi R. Qurbonov ochib, Amir Temur diplomatiyasining asosiy tamoyillari xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq normalariga to‘la mos tushishini dalil va bugungi kundagi tadqiqotlarlar isbotlayotganligini qayd etdi.
Shuningdek, taniqli Temuriyshinos olimlar va tadqiqotchilarning “Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn” asaridagi xalqaro munosabatlarni o‘rganishning ba’zi masalalari”, “Temuriylar diplomatiyasi tarixidan”, “Amir Temur va Temuriylar davrida kitobat san’ati”, “Temur tuzuklari” haqida so‘nggi ma’lumotlar” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan xorijiy davlatlar elchixonalari rahbarlari va Qozog‘istondan tashrif buyurgan mehmonlar, Amir Temur o‘z mamlakatida ma’naviyatning qo‘llab-quvvatlanishi, yuksalishi va o‘tmish davrlarning oliy an’analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratgani, Temuriylar sulolasi vakillarining ma’naviyat va madaniyatga alohida e’tibori tufayli XIV-XVI asrlarda yuksak ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishilganini alohida qayd etib, bu boradagi ishlar hozirgi zamonda ham nihoyatda dolzarb masala ekanligi ta’kidladilar.
Davra suhbati yakunida Amir Temur merosini o‘rganish, «xalq diplomatiyasi» mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga doir amaliy takliflar bildirildi.
O‘zbek Milliy akademik teatrining aktyorlari, O‘zbekistonda tomonidan, Amir Temur hayoti va faoliyatiga doir sahnalashtirilgan asarlardan ko‘rsatilgan lavhalar, qatnashchilar ulkan taasurot qoldirdi.
Shuningdek, Toshkent sharqshunoslik institutlari talabalari Amir Temur haqida yozilgan asarlardan parchalarni o‘zbek va ingliz tillarida o‘qib berdilar.

Yana o‘qing:  Stressdan qutilish mumkinmi?

Maryam AXMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: