O‘lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan maxsus maktab-internatida yangi 2013-2014 o‘quv yilida qabul qilingan kursantlarning harbiy qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida ustoz-murabbiylar, faxriylar, yosh kursantlar va ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Harbiylashtirilgan maktab-internati shaxsiy tarkib yosh kursantlarining jangovor saflanishidan so‘ng polkovnik T.Isaxodjayevga kapitan U.Bahromov saflanganlik to‘g‘risida axborot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlangan tadbir ochiq deb e’lon qilindi va yosh kursantlar tantanali tarzda harbiy qasamyod qabul qildilar.

Tadbir yakunida “Jar” sport sog‘lomlashtirish kompleksi qoshidagi “Shodlik” badiiy raqs dastasi chiqishlari, elimiz sevgan san’atkorlar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xushnudlik baxsh etdi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Bolada immunitet pasaysa... (davomi)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: