Bananning biz bilmaydigan 10 xususiyati
O‘sma kasalliklarining oldini oladi
Banan tarkibidagi oqsil o‘sma kasalliklarini oldini olishda muhim sanaladi. Mazkur tropik meva tarkibida ushbu modda sezilarli darajada yuqori sanaladi. Shu sababli terisi qorayib qolgan bananni yeyish tavsiya etiladi.
Tomirlar tortishishida samarali vosita
Oyoq muskullari tomirlari tortishishining sabablari minerallar yetishmasligi sanaladi. Kaliy va magniyga boy banan oyoq tomirining tortilishiga qarshi vosita. Shu sababli ko‘pchilik sportchilar o‘z ovqat ratsioniga maxsus mevani kiritishadi.
Buyrak kasalliklari xavfini kamaytiradi
Tarkibida yetarli miqdorda kaliy moddasi mavjud bo‘lgan mahsulot buyrakda paydo bo‘layotgan toshlarni chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra bananni muntazam ravishda iste’mol qilish yuzaga keladigan xatarli buyrak kasalliklarini yuzaga kelish xavfini 40 foizga kamaytiradi.
Yurakni baquvvatlashtiradi
Ovqat ratsionida yetarli miqdorda kaliy moddasi bor mahsulotlar qon bosimining ko‘tarilishi va yurak qon-tomir tizimi xastaliklarini yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kundalik 1,3 gramm miqdorda kaliy moddasi mavjud mahsulotni tanovul qilish yurak kasalliklarinin yuzaga kelish xavfini 26 foizga kamaytiradi. Bu uchun kun davomida 2 tadan 3 donagacha banan iste’mol qilish kifoya (bunda inson vazni hisobga olinadi).
Qon-tomir faoliyatini yaxshilaydi
Qon tomirlarda xolesterinning yig‘ilib qolishi aterosklerozning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Banan tarkibidagi fitosterinlar esa xolesterinning yig‘ilib qolishiga to‘sqinlik qiladi va qon-tomir kasalliklarini sog‘ligini mustahkamlaydi.
Me’da faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
Me’da yarasi bilan aziyat chekayotganlar uchun banan juda foydali tropik meva sanaladi. Boisi ushbu meva tarkibidagi maxsus ferment – me’da devorlarining himoyalaydigan shira ishlab chiqarishda asosiy rol o‘ynaydi.
Energiya manbai
Banan tarkibidagi vitamin va minerallar energiya manbai sanaladi. U organizmning energetik manbaalarga bo‘lgan talabini qondiradi.
Yaxshi kayfiyat sababchisi
Banan tarkibida asab tizimiga ijobiy ta’sir etuvchi baxt garmon (dofamin)i va V guruhiga mansub vitaminlarning mavjud.
Diabetda yordamchi
Uning tarkibida kraxmalning o‘ziga xos turi mavjud bo‘lib u 2 guruh diabet kasalligi bilan aziyat chekayotgan insonlarga yaxshi samara beradi. Mazkur modda ayniqsa yashil tusdagi banan tarkibida ko‘p uchraydi. Taqqoslash uchun o‘rtacha kattalikdagi yashil bananda kraxmal 12,5 gramni tashktil etsa, yetiilib pishgan bananda esa 5 grammni tashkil etadi.
Qomatni saqlashda foydali
Rezistent kraxmali yog‘ qatlamlarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi hamda energiya sarfini oshiradi. Bu esa ortiqcha vaznning yig‘ilishiga qarshi kurashadi.
Xurshida Husenova
tayyorladi.