Bola necha yoshdan gapira boshlaydi?
Nega ba’zi bolalar bir yoshga to‘lmasdan gapirib ketishadi-yu ayrimlari esa kechroq tilga kiradi? Umuman bola necha yoshda gapira boshlaydi?
Zilola Nurillayeva,
Toshkent shahri
Bola uch oyligidan boshlab “gu-gu” lay boshlaydi. U bir yoshgacha 20 ta so‘zni bilishi kerak. Ikki yoshga kirganida 40- 60 tagacha so‘zni gapira oladi. Uch yoshga kirgach esa jumlalarni qo‘shib so‘zlay olishi lozim. Kichkintoy uch yoshga kirganida ham gapira olmasa, albatta shifokorga murojaat qilish shart. Bolaning yaxshi so‘zlay olishida uning salomatligi, oiladagi sog‘lom muhit hamda kattalarning kichkintoyga bo‘lgan e’tibori muhim ahamiyatga ega.
Mavluda Qosimova,
Nevropatolog